Samieva Gulnoz Olimovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Issiq iqlim sharoitiga mo‘ljallangan maxsus poyabzal polimer tagligini yaratish va biriktirish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.06.03 – “Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.2.PhD/T1661
Ilmiy rahbar: Musaev Sayfullo Safoevich texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik–texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik–texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Qodirov To‘lqin Jumaevich texnika fanlari doktori, professor,
Abulniyazov Qurbonboy Ismoilovich texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan Muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy sanoat xom ashyolari asosida issiq iqlim sharoitiga mo‘ljallangan maxsus poyabzal polimer tagligini yaratish va biriktirish texnologiyasini ishlab chiqish hamda asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahaliy sanoat xom ashyolari asosida maxsus poyabzal tagligi uchun yangi polimer kompozisiyali material termomexanik aralashtirish usulida yaratilgan va uning asosiy xususiyatlari kvalimetrik tahlillar asosida aniqlangan;
kompleks yuqori sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan estetik, ekspluatatsion va texnologik xususiyatlarga ega bo‘lgan maxsus poyabzal polimer tagliklarini olish texnologiyasi bosim ostida quyish usulida ishlab chiqilgan;
birinchi marta maxsus poyabzal tagligi uchun ilmiy asoslangan kompleks sifat ko‘rsatkichlari va texnik reglament istemolchilar anketa so‘rovi asosida aprior ranjirlash usuli bilan ishlab chiqilgan;
maxsus poyabzal tagligi kompleks sifat ko‘rsatkichlarining “tarkib-xossa” bog‘liqligini ifodalovchi regression tenglamalar va matematik model ikkichi tartibli lotin kubi usuli yordamida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolar asosida olingan maxsus poyabzal tagligi va biriktirish texnologiyasi bo‘yicha ilmiy-amaliy natijalar asosida:
“O‘zbekneftgaz” AJ ishchi xodimlari uchun yangi polimer kompozisiyali maxsus poyabzal tagligi yaratilgan va uning biriktirish texnologiyasi ishlab chiqilgan (“O‘zcharmsanoat” Uyushmasining 2022 yil 19 oktyabrdagi FB-7/3670 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada mehnat jarayonida ishchilarga ishonchli himoya va ergonomik nuqtai nazardan, yaxshi qulaylik yaratilgan.
“O‘zbekneftgaz” AJ ishchi xodimlari uchun yaratilgan yangi polimer kompozisiya “Asilbek nurli kelajak” MChJ granulalar tayyorlash sexida joriy qilingan (“O‘zcharmsanoat” Uyushmasining 2022 yil 19 oktyabrdagi FB-7/3670 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada maxsus poyabzal tagligi uchun termoplastik polimer kompozisiyali material yaratilgan.
maxsus poyabzal tagliklari va ularning texnik hujjatlari paketi “Ravon taraqqiyot orzusi” MChJ, “Makon Shoes” MChJ, “Taraqqiyot Shoes” MChJ poyabzal ishlab chiqarish korxonalarida joriy qilingan (“O‘zcharmsanoat” Uyushmasining 2022 yil 19 oktyabrdagi FB-7/3670 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot natijalarini sanoatga joriy etishning iqtisodiy samaradorligi mahalliy xom ashyolardan foydalanilganligi hisobidan aniqlangan va yiliga 2 342 500, 000 so‘mni tashkil etgan. Ushbu maxsus poyabzallarni ishlab chiqarishga joriy etilishi “O‘zbekneftgaz” AJ ishchi xodimlarini yanada qulay, yuqori sifatli va arzon ish poyabzallari bilan ta’minlash masalalarining hal etilishiga erishilgan.
yaratilgan maxsus poyabzallarni approbatsiyasi va tadbiq etilishi “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ, “Buxoro neft baza” MChJ larda hamda №53943 harbiy qismda amalga oshirilgan (“O‘zcharmsanoat” Uyushmasining 2022 yil 19 oktyabrdagi FB-7/3670 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy PVX-S va SEVA asosida yaratilgan maxsus poyabzal tagliglari mavjud PU va TEP tagliklardan mustahkamlik xossalari 2 baravarga, emirilishga chidamliligi bo‘yicha 2 baravarga hamda sirpanishga qarshiligi bo‘yicha 1.5 baravarga oshishiga erishilgan.