Qodirova Dilnoza Xayriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Alohida submadaniyat guruhi uchun kiyimlarni maqsadli loyihalash usullarini takomillashtirish (yoshi katta ayollar misolida)”, 05.06.04.-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1197
Ilmiy rahbar: Nigmatova Fatima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik - texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Nabijonova Nargiza Nasimjonovna Namangan muhandislik-texnologiya instituti, texnika fanlari doktori, dotsent, (ixtisoslik shifri 05.06.04) Nutfullaeva Lobar Nurullaevna Buxoro muhandislik-texnologiya instituti texnika fanlari falsafa doktori (PhD); (ixtisoslik shifri 05.06.04) Ilmiy kengash a’zosi;
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi - Aloxida submadaniyat vakillarini (yoshi katta ayollar misolida) kiyimdan qoniqishi va imtiyozlarini inobatga olgan holda kiyim assortimentini maqsadli loyihalash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshi katta ayollar fe’l-atvori, qadriyatlari, xatti-harakatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, alohida submadaniyat guruhi uchun kiyimni maqsadli loyihalash va kastomizatsiya (moslashtirish) ning nazariy asoslari ishlab chiqilgan;
yoshi katta ayollarning turli iste’mol guruxlariga kiyim sanoat assortimenti tarkibini shakllantirish imkonini beruvchi kiyim dizayni ko‘rsatkichlari va oqilona konstruktiv parametrlari sotsiologik va eksperimental tadqiqotlar asosida aniqlangan;
katta yoshdagi ayollar antropomorfologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning tana tuzilishini klassifikatsiyalash (tasniflash) metodologiyasi ishlab chiqilgan;
iste’molchining antropometrik ma’lumotlarini akkumulyasiyalash (yig‘ish) va integratsiyalash (tadbiq qilish), bunda raqamli va uch o‘lchamli 3D “Gerber Technology” texnologiyalardan foydalanishga asoslangan ergonomik jixatdan qulay kiyim loyixalash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshi katta ayollar uchun kiyimlarni maqsadli loyihalash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida;
taklif etilayotgan to‘la qomatli yoshi katta ayollar kiyimni yangi komplektatsiyalari va ularning konstruktorlik-texnik hujjatlari paketi «Komfort Tekstil» oilaviy korxonasida joriy etilgan, konstruktorlik va texnologik hujjatlarni tuzishga sarflanadigan vaqtni sarfini 20-25% qisqartirishga va mahsulot ishlab chiqarish hajmi 13,2% oshishiga erishilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 2 noyabrdagi №03/25-3055-sonli ma’lumotnomasi).
yoshi katta ayollar uchun iste’molchilarning afzalliklari va moda tendensiyalarini o‘rganish natijalari asosida shakllangan modellar to‘plamini OAJ «OFS» korxonasida joriy etish natijasida ishlab chiqarilayotgan ayollar mahsulotlari sifati va raqobatbardoshligini oshirishga erishilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 2 noyabrdagi №03/25-3055-sonli ma’lumotnomasi).