Bayjanov Allabergan Kadirovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «OIV infeksiyali bemorlarda antiretrovirus terapiya samaradorligining klinik-patogenetik jihatlari va uni optimallashtirish», 14.00.10–Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib73/

Ilmiy maslahatchi: Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.

Rasmiy opponentlar: Atabekov Nurmat Sattiniyazovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Vafakulov Sadillo, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudaykulova Gul`nara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori

Yetakchi tashkilot: OITSga qarshi kurashish va profilaktikasi bo‘yicha federal ilmiy-uslubiy markaz (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: orttirilgan immuntanqisligi virusi infeksiyali bemorlarda antiretrovirus terapiyaning samaradorligi va xavfsizligining klinik-patogenetik xususiyatlari hamda virusni antiretrovirus dorilarga chidamliligini aniqlash orqali ARTni optimallashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

OIV infeksiyali bemorlarda opportunistik va yondosh kasalliklar spektri va ularning kasallik rivojlanishini kuchaytirishi va oldini olishida salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;

OIV infeksiyali bemorlarda antiretrovirus terapiyasining aksariyat holatlarda nojo‘ya ta’siri uchrashi hamda pasayishini muntazam kuzatuvga olinganligi ARTni optimallashtirishda muhim omillardan ekanligi isbotlangan;

surunkali S virusli gepatit va OIV infeksiyali bemorlarda ART fonida gepatobiliar tizim patologiyasini davolashda fosfoglivning jigar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;

OIVning antiretrovirus dorilarga sezuvchanligining pasayishi hamda RNKdagi o‘zgarishlar molekulyar-genetik tadqiqotlar asosida isbotlangan;

antiretrovirus terapiyani qo‘llashgacha OIVning antiretrovirus dorilarga birlamchi chidamliligini turg‘unmasligining davriy nazorat qilish zarurligining tizimli mexanizmi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

OIV infeksiyali bemorlarda antiretrovirus terapiya samaradorligining klinik-patogenetik jihatlari va uni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

antiretrovirus terapiya samaradorligini optimallashtirish orqali bemorlarning umrini uzaytirish va yashash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar «Antiretrovirus dorilarga OIVning chidamliligini nazorat qilish tizimini kiritish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 27 dekabrdagi 8n-d/83-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma OIV infeksiyasini tashxislash va davolashni yaxshilash hamda ushbu infeksiya bilan surunkali S virusli gepatit birga kechganda tashxislash va davolash mexanizmini tatbiq qilishga imkon yaratgan;

OIVning oldini olish chora-tadbirlari va tibbiy yordamni tashkil etish bo‘yicha olingan ilmiy izlanish natijalari Sog‘liqni saqlash vazirining «O‘zbekiston Respublikasida  OIV infeksiyasini oldini olish chora-tadbirlari va tibbiy yordamni tashkil etishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2012 yilning 28 martdagi 80-son buyrug‘iga kiritilgan va OITS markazlari ish faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 29 dekabrdagi 8n-z/61-son ma’lumotnomasi). Mazkur buyruq OITS markazlarida OIV bilan kasallangan bemorlarni davolash tizimini takomillashtirish imkonini bergan;

OIV bilan kasallangan aralash infeksiyali bemorlarni olib borish taktikasi bo‘yicha olingan ilmiy izlanish natijalari Sog‘liqni saqlash vazirining 2010 yil 8 yanvardagi «OIV va virusli S gepatit: aralash infeksiyali bemorlarni olib borish taktikasi» klinik bayonnomasiga kiritilgan va OITS markazlari klinikalarining ish faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 29 dekabrdagi 8n-z/61-son ma’lumotnomasi). Mazkur protokol OIV bilan xastalangan bemorlar davolash tizimini to‘g‘ri tashkillashtirish imkonini bergan;

OIV infeksiyali bemorlarda antiretrovirus terapiyaning samarasini oshirish, bemorlar umrini uzaytirish va yashash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining OITSga qarshi kurashish markazlari hamda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 29 dekabrdagi 8n-z/61-son ma’lumotnomasi). Amaliyotga joriy qilingan natijalar antiretrovirus terapiya xarajatlarini 12 oy davomida 29538894 so‘mga kamaytirish hamda OIVning antiretrovirus dorilarga rezistentlik shakllanish xavfini kamaytirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish