Yangiboev Ruziboy Mukumovich
falsafa doktori (Phd) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mahalliy xomashyodan issiqlikbardosh fil`trbop to‘qimalarni loyihalash va ishlab chiqarish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3382
Ilmiy rahbar: Baymuratov Baxodir Xoldarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Kadam Jumaniyazovich texnika fanlari doktori, professor; Valiev G‘ulom Nabidjanovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo bazal`t to‘qimachilik iplaridan issiqlikka chidamli fil`trbop texnik to‘qimalarni loyihalash va ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyo-bazal`t iplaridan to‘quvchilik usuli asosida yuqori xaroratli muhitda lovchi fil`trbop to‘qima yaratilgan; 
bazal`t iplaridan bosh o‘rilish asosida issiqlikka chidamli bir yarim qatlamli fil`trbop to‘qimani to‘quv dastgohida ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan;
fil`trbop to‘qimalarni to‘quv dastgohida ishlab chiqarishda tanda va arqoq iplari tarangligini o‘zgarish qonuniyatlari tajribalarni qayta ishlash asosida aniqlangan; 
issiqlikka chidamli fil`trbop to‘qimani berilgan fizik-mexanik va issiqlikbardoshlik hususiyatlarini ta’minlash uchun to‘quv dastgohida to‘qimani shakillanish texnologik omillarini muqobil qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bazal`t iplaridan belgilangan xususiyatlarga ega bo‘lgan bir yarim qatlamli fil`trbop texnik to‘qima yaratish bo‘yicha erishilgan natijalar asosida:
mahalliy xomashyo-bazal`t iplaridan yuqori xaroratli sharoitda ishlovchi fil`trbop to‘qimalarning yangi turlari ishlab chiqildi;
Mahalliy xomashyo-bazal`t to‘qimachilik iplaridan ishlab chiqarilgan issiqlikka chidamli fil`trbop texnik to‘qimalar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi “Rihsitillo gazmol servis” va “MITTI” xususiy korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilindi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 13 sentyabrdagi № 03/252660-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarilgan fil`trlash samaradorligi yuqori bo‘lgan bir yarim qatlamli fil`trbop to‘qima ishlab chiqarishga joriy etilib, yillik sarf xarajatlarni 30 % ga kamayishiga olib keladi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish