Rahimov Muhammadto‘ychi Rahmonberdi o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zarafshon va Hisor tog‘ tizmalari (O‘zbekistonga qarashli kismida) sirfid pashshalari (Diptera, Syrphidae) faunalarining qiyosiy tahlili», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/V363.
Ilmiy rahbar: Xalimov Fazlitdin Zakirovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, RhD.03/30.12.2019.V.02.08.
Rasmiy opponentlar: Baymuradov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Borisov Sergey Nikolaevich, biologiya fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon va Hisor tizmalari hamda yondosh teksliklarning O‘zbekistonga qarashli qismida sirfid pashshalari faunasi va taksonomiyasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zarafshon va Hisor tizmalarining O‘zbekistonga qarashli qismida 35 avlodga mansub 104 tur sirfid aniqlanib, shundan O‘rta Osiyo faunasi uchun 1 avlod, 6 tur, O‘zbekiston faunasi uchun 2 avlod, 15 tur ilk bor qayd etilgan;
fan uchun yangi sirfid turi - Eumerus bilobatus Barkalov, Mutin, Daminova et Rakhimov, 2020 ga ta’rif berilgan;
O‘zbekistonning markaziy va janubiy xududlari sirfidofaunasining xorologik strukturasi ochib berilgan;
Zarafshon va Hisor tizmalaring O‘zbekistonga qarashli xududida sirfidlarning landshaftlar bo‘ylab taqsimlanishi, mavsumiy va sutkalik dinamikasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Zarafshon va Hisor tog‘ tizmalari (O‘zbekistonga qarashli kismida) sirfid pashshalari (Diptera, Syrphidae) faunalarining qiyosiy tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fan uchun yangi Eumerus bilobatus Barkalov, Mutin, Daminova & Rakhimov, 2020 turining taksonomik belgilari bo‘yicha ma’lumotlar Zoologik nomenklaturaning xalqaro rasmiy ro‘yxatiga 0F82D42F-C5B4-4932-9B6D-A3BD92433BFC identifikatsiya raqami bilan joylashtirilgan (Zoologik nomenklatura buyicha xalqaro rasmiy ro‘yxat, zoobank.org). Natijada, xalqaro mikyosda sirfid pashshalar turlarining taksonomiyasini tahlil kilish imkonini bergan; 
Zarafshon va Hisor tizmalarining O‘zbekistonga qarashli qismidan yig‘ilgan sirfidlar kolleksiyasi Samarqand viloyat O‘lkashunoslik muzeyi fondiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 30 sentyabrdagi 04-18/5340-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeydagi umurtqasiz hayvonlar kolleksion fondi turlar xilma-xilligi 19% boyitilib, muzeyning tabiat bo‘limiga tashrif buyuruvchilar sonini 3,8 % oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish