Turdiqulov Shuhrat Xudoyqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning ijtimoiy mexanizmlarini takomillashtirish» 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/S121.
Ilmiy rahbar: Matibaev Tashpo‘lat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Rasmiy opponentlar: Kaxxarov Abdulaxat Ganievich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Xayitov Xushvaqt Safarboevich, yuridik fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: empirik ma’lumotlar asosida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy mexanizmlarini sotsiologik tahlil etish va uni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korrupsiyaning ijtimoiy hodisa sifatida ma’lum bir sotsial guruhlar shaxsiy manfaatlari uchun davlat resurslarini ma’lum guruhlar foydasiga qayta taqsimlanishi shaxsiy manfaatlar doirasida institusionalizatsiya mexanizmlaridan foydalanish orqali davlat hokimiyatida ijtimoiy munosabatlarning deformatsiyasiga olib kelishi asoslantirilgan;
davlat idoralarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini ta’minlashning yo‘lga qo‘yilishi inson omilini minimallashtirish, davlat xizmatchilari va fuqarolar o‘rtasidagi bevosita aloqani axborot texnologiyalaridan keng foydalanilishi korrupsiya omillarining sezilarli darajada pasayishiga olib kelishi asoslangan;
korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish va ularni bartaraf etishda ta’sirchan milliy tizimni yaratilishi asoslantirilgan;
korrupsiyani oldini olishda aholi ongiga diniy-madaniy, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarni singdirish orqali «halollik vaksinasi»ning shakllantirilganligi kadrlar siyosatida milliy, ma’naviy, madaniy immunitetning shakllanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning ijtimoiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ijtimoiy-sotsiologik takliflar asosida ishlab chiqilgan: 
korrupsiyaning ijtimoiy hodisa sifatida ma’lum bir sotsial guruhlar shaxsiy manfaatlari uchun davlat resurslarini ma’lum guruhlar foydasiga qayta taqsimlanishi shaxsiy manfaatlar doirasida institusionalizatsiya mexanizmlaridan foydalanish orqali davlat hokimiyatida ijtimoiy munosabatlarning deformatsiyasiga olib kelishi asoslantirilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunning 10-moddasiga taklif kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va Korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 59-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi 04/2-10/5661-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, davlat hokimiyatida ijtimoiy munosabatlarning deformatsiyasiga olib kelishini aniqlashga xizmat qilgan;
davlat idoralarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini ta’minlashning yo‘lga qo‘yilishi inson omilini minimallashtirish, davlat xizmatchilari va fuqarolar o‘rtasidagi bevosita aloqani axborot texnologiyalaridan keng foydalanilishi korrupsiya omillarining sezilarli darajada pasayishiga olib kelishi hamda korrupsiyani oldini olishda aholi ongiga diniy-madaniy, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarni singdirish orqali «halollik vaksinasi»ning shakllantirilganligi kadrlar siyosatida milliy, ma’naviy, madaniy immunitetning shakllanishi asoslanganligiga oid takliflardan Respublika «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2021 yilda «O‘zbekiston zamonaviy jamiyatining ijtimoiy tarkibi va ijtimoiy stratifikatsiyasi» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlardagi anketa savollarni tuzishda foydalanilgan 
(16 savol) («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2021 yil 30 iyundagi 01-3/260-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, mazkur xududlardagi korrupsiya holatlarini oldini olish va u uni bartaraf etishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlarni o‘tkazishga hamda milliy kadrlar siyosatida ma’naviy, madaniy immunitetning shakllanishiga xizmat qilgan; 
korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish va ularni bartaraf etishda ta’sirchan (fuqarolik jamiyati institutlarini ko‘proq jalb etish, kuchli boshqaruvni tashkil qilish va nazoratni kuchaytirish, istiqbolli kadrlarni tanlash va ular bilan ishlash tizimini shakllantirish, davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni muntazam ravishda rag‘batlantirish tizimini yanada kuchaytirish) milliy tizimni yaratilishi asoslantirilgan ma’lumotlaridan O‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasining IX Qurultoyida qabul qilingan saylovoldi dasturidagi aholining barcha qatlamlari orasida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash madaniyatini kuchaytirish yo‘nalishiga doir bandlarning mazmun-mohiyatini ochib berishda foydalanilgan. (O‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasining 2022 yil 23 noyabrdagi 01-03/400-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borgan ishlari Prezident farmonida xam o‘z aksini topgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish