Xakimov Shadiboy Ikmatullaevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Murakkab geomexanik sharoitdagi tikqiya tomirsimon oltin konini qazib olish texnologik sxemalarini ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T473.
Ilmiy maslahatchi: Raimjanov Baxodir Raimjonovich, texnika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Aliqulov Shuhrat Sharofovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Naimova Rano Shukurovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Salyamova Klara Djabbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab geomexanik sharoitlarga ega bo‘lgan tikqiya tomirsimon oltin ma’danli konlarni er osti usulida qazib olishning xavfsiz va samarali texnologik sxemalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
magazinlangan ma’danning massivga beradigan gorizontal va vertikal kuchlanishlar ko‘lami uning balandligiga va massivdagi kon jinsining ichki ishqalanish burchagiga bog‘liq ravishda aniqlangan; 
qazish chuqurligi, cho‘zilish bosimi, qazib olish ishlari kamerasining kengligi va uzunligining o‘zgarishiga mos ravishda turg‘un gumbaz balandligi, kamera shakli va ma’danni qulatish sxemasi aniqlangan;
kameralararo tabiiy ma’dan butunliklarining turg‘un kengligi va qotuvchi sun’iy to‘ldiruvchilarning meyoriy mustaxkamligi kon ishlarini olib borish chuqurligi, ma’dan tanasining yotish burchagi, kamera uzunligi, tog‘ jinslarining tik bosimi va massivning yoriqdorliligi kabi omillarning turli qiymatlari asosida belgilangan; 
murakkab geomexanik sharoitlar uchun qulatib tushirilgan ma’danni magazinlash va qotuvchi qorishmalardan sun’iy butunliklar shakllantirib qazish texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
murakkab geomexanik sharoitlar uchun ma’danni nimqavatlardan qulatib tushirish va qisman magazinlash, hamda qotuvchi qorishmalardan sun’iy butunliklar shakllantirib qazib olish tizimi, shuningdek ma’danni bo‘linma tarzda nimqavatlardan qulatib tushirish va qotuvchi qorishmalardan sun’iy butunliklar shakllantirib, oraliq bo‘shliqni quruq to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirib qazib olish kombinatsiyalashgan qazish tizimi ishlab chiqilgan;
turli qazib olish chuqurliklari, massiv yoriqdorligi, ma’dan tanasining yotish burchagi va siqilishga bo‘lgan qarshilik kuchi ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga xos tarzda kamera uzunligi (sun’iy butunliklar orasidagi masofa) va tabiiy butunliklardagi ma’dan hajmi miqdori aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Murakkab geomexanik sharoitdagi tikqiya tomirsimon oltin konini qazib olish texnologik sxemalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kameralar va ma’dan ustunlaridagi zahiralarni bosqichma-bosqich qazib olishni nazarda tutuvchi qulatib tushirilgan ma’danni magazinlash va qotuvchi qorishmalardan sun’iy butunliklar shakllantirib qazish texnologik sxemasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Zarmitan konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 10 oktyabrdagi 23.01-01-07/649-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaxkamlagichlarni yaratish bo‘yicha operatsiyaning mashaqqatliligiga barham berish, ma’dan ustunlarini xavfsiz qazib olishni ta’minlash, qazib olingan blokdagi ma’danning yo‘qolishiga chek qo‘yish va er osti qazib olishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan;
kameralar va ma’dan ustunlaridagi zahiralarni bosqichma-bosqich qazib olishni nazarda tutuvchi ma’danni nimqavatlardan qulatib tushirish va qisman magazinlash hamda qotuvchi qorishmalardan sun’iy ko‘pburchak butunliklar shakllantirib qazib olish tiziming texnologik sxemasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Zarmitan konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 10 oktyabrdagi 23.01-01-07/649-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishonchli xavfsizlikni ta’minlash, mustahkamroq ustunli materialni olish, tozalash ishlarini tashkil etishni engilashtirish, moddiy xarajatlarni kamaytirishni aniqlash, ruda qazib olishning nisbatan yuqori sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlariga erishish imkonini bergan;
kameralar va ma’dan ustunlaridagi zahiralarni bosqichma-bosqich qazib olishni nazarda tutuvchi ma’danni nimqavatlardan qulatib tushirish va qisman magazinlash hamda qotuvchi qorishmalardan sun’iy ustunsimon butunliklar shakllantirib qazib olish tizimining texnologik sxemasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Zarmitan konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 10 oktyabrdagi 23.01-01-07/649-son ma’lumotnomasi). Natijada, tozalash ishlarini olib borshda  ishchi xodimlarning xavfsizligini ta’minlash, sun’iy ustunlar qurishda mehnat va moddiy xarajatlarni kamaytirish hamda ma’dan qazib olishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini bergan;
kameralar va ma’dan ustunlaridagi zahiralarni bosqichma-bosqich qazib olishni nazarda tutuvchi ma’danni bo‘linma tarzda nimqavatlardan qulatib tushirish va qotuvchi qorishmalardan sun’iy butunliklar shakllantirib, oraliq bo‘shliqni quruq to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirib qazib olish kombinatsiyalashgan qazish tizimining texnologik sxemasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Zarmitan konida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 10 oktyabrdagi 23.01-01-07/649-son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘ jinslari bosimining yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlardan ishonchli himoyani ta’minlash, quyi ish joylarida kuchlanish konsentratsiyasining oldini olish va er osti konlarini qazib olishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish