Sultansuynov Azamat Sametovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida sportchi talabalar kardiogemodinamikasining funksional xususiyatlari», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/B556.
Ilmiy rahbar: Utepbergenov Amangeldi Qutlimuratovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, RhD.03/30.12.2019.V.02.08.
Rasmiy opponentlar: Kurbonov Shoniyoz, biologiya fanlari doktori, professor; Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida (Nukus shahri misolida) sportchi talabalar kardiogemodinamikasi xususiyatlaridagi o‘ziga xosliklarni va somatometrik ko‘rsatkichlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekstremal tabiiy iqlim sharoitida yashovchi sportchi va sport bilan shug‘ullanmaydigan talabalar somatik rivojlanishining funksional xususiyatlari aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida jismoniy mashg‘ulotlar universal adaptogen omil sifatida ekstremal sharoitlarda organizmning funksional faolligini oshirishi isbotlangan;
Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi sportchi va sport bilan shug‘ullanmaydigan talabalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari vegetativ ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
muntazam sport mashg‘ulotlar natijasida Orolbo‘y mintaqasida yashovchilarning yurak qon-tomirlar tizimi, vegetativ funksiyalari, somatik va tabiiy chidamlilik ko‘rsatkichlari oshib borishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida sportchi talabalar kardiogemodinamikasining funksional xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Orolbo‘yi hududida yashovchi sportchi talabalarning jismoniy rivojlanish hamda kardiogemodinamik ko‘rsatkichlarini optimallashtirish, jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish va jismoniy yuklamalarga moslashish xususiyatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi sportni rivojlantirish sohasi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 7 apreldagi 01-16/04-982-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy rivojlanishning mintaqaviy normativlari va sportchi talabalarning kardiogemodinamik tizimining funksional holatini va jismoniy yuklamalarga moslashish qobiliyatlarini baholash imkonini bergan;
sportchi va sport bilan shug‘ullanmaydigan talabalarning jismoniy rivojlanishi, vegetativ reaktivligi, jismoniy mashg‘ulotlardagi harakat faolligi darajasi va jismoniy yuklamalarda gipoksiyaga chidamlilik ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash sohasi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 yanvardagi 01/522-son ma’lumotnomasi). Natijada, Orol bo‘yi hududida yashovchi talabalarning sog‘lig‘ini saqlashga yo‘naltirilgan dasturlarni amalga oshirishda, ularning jismoniy rivojlanishida vegetativ ko‘rsatkichlarini va moslashish qobiliyatlarini oshirish imkonini bergan.