Samedinova Dilnoza Nuriddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ««Serumaks» va «Serumaks Forte» tabletkalarining texnologiyasini ishlab chiqishning farmakotexnologik aspektlari», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Far78.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xolida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Xakim Raxmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Mamatxanova Muniraxon Axmatxon qizi, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antiemetik ta’sirga ega tabletka texnologiyasini takomillashtirish va kombinirlangan tabletka dori shaklini yaratish hamda ularning farmakotexnologik aspektlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor antiemetik ta’sirga ega kombinirlangan tabletkalar tarkibi hamda texnologiyalari ishlab chiqilgan;
antiemetik ta’sirga ega monofaol tabletkalarining takribi takomillashtirilib, texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tavsiya qilinayotgan «Serumaks» va «Serumaks Forte» tabletkalarining sifat me’yorlari belgilangan;
«Serumaks» va «Serumaks Forte» tabletkalarining yuqori biosamaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Serumaks» va «Serumaks Forte» tabletkalarining texnologiyasini ishlab chiqishning farmakotexnologik aspektlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Serumaks» tabletkasi uchun korxona farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (KFM 42Uz-15745533-2713-2020) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma №DV/M 00168/06/15). Mazkur korxona farmakopeya maqolasining tasdiqlanishi antiemetik ta’sirga ega dori preparatlarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «Serumaks Forte» tabletkalari uchun spesifik faolligi isbotlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, ishonchli antiemetik ta’sirga ega bezarar dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Serumaks» tabletkasi uchun sanoat reglamenti «SAMO» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (PR RUz-42-03873/15745533-2915-2019). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida antiemetik dori preparati uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan.