Axmedov Voxidjon Nosirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anacanthotermes avlodi termitlariga qarshi yangi kurash vositasi va usullarini ishlab chiqishning biologik asoslari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/B316.
Ilmiy rahbar: Xolmatov Baxtiyor Rustamovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Akramova Firuza Djaloliddinovna, biologiya fanlari doktori, professor; Raximov Matnazar Shomurotovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Anacanthotermes avlodi termitlarining oziqlanish xususiyatlariga ko‘ra biologik faol moddalar ta’sirini aniqlash, tarqalishi yuzasidan GAT xaritasini tuzish hamda ularga qarshi samarali kurash vositasi ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston florasiga mansub 11 turdagi o‘simliklarda termitlarni jalb qilish darajasiga ko‘ra attraktantlik xususiyatlari aniqlangan;
Artemisia rutifolia o‘simligining er ustki qismi spirtli ekstraktining benzinli fraksiyasi  Anacanthotermes avlodi termitlariga nisbatan yuqori darajadagi attraktantlik xususiyatini namoyon qilishi ochib berilgan;
Anacanthotermes avlodiga mansub ishchi termit tabaqalaridan tayyorlangan ekstraktlar 75-85% gacha termitlarni jalb qilishi aniqlangan;
 “Antitermit” em-xo‘ragining asosiy oziqa substrati xisoblangan kungaboqar Helianthus annus L. poyasida uchraydigan Alternaria alternata, Alternaria tennus, Fusarium oxysporum va Fusarium solani zamburug‘ turlari aniqlangan;
Anacanthotermes avlodi termitlarining oziqlanishida “Antitermit” em-xo‘ragi maqbul tarkibining yuqori biologik samaradorligi ilk bor ochib berilgan. 
Anacanthotermes avlodi termitlariga qarshi “Antitermit” em-xo‘ragining yangi sanoat namunasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Anacanthotermes avlodi termitlariga qarshi yangi kurash vositasi va usullarini ishlab chiqishning biologik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
termitlarning tarqalishini oldini olish va zararini bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 oktyabrdagi 01/18-2214-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi «Shibiliy ota» ziyoratgohi hududida  A.ahngerianus Jacobs, 1904 turi termitlarining tabiiy uyalarida termitlarni jalb qiluvchi-attraktant, termitlarga qarshi termitotsid faollikka ega bo‘lgan tabiiy va kimyoviy vositalar, jumladan imidakloprid va atsetamiprid kimyoviy preparatlarining atrof-muhitga, insonlar va issiqqonli hayvonlar uchun zarari sezilmaydigan darajada past bo‘lgan konsentratsiyalari termitlarga nisbatan  91,6% dan 97,8% gacha biologik samaradorlikka erishilgan hamda ushbu ziyoratgoh va unga yondosh ochiq er maydonlari hududlarini termitlar zararidan bartaraf etish imkonini bergan;
Anacanthotermes turkestanicus termit turidan 48 nusxa va Anacanthotermes ahngerianus termit turidan 52 nusxa hasharot namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan Zoologiya instituti «Zoologiya kolleksiyasi» noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 19 iyuldagi 4/1255-2061-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar Respublikamizning turli hududlarida tarqalgan termitlarning tur tarkibini aniqlash uchun qiyosiy tahlil o‘tkazishda, anatomo-morfologik belgilarini tavsiflashda hamda termitlar tarqalishining zamonaviy holatini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish