Umirov Nemat Jo‘raboevichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yumshoq bug‘doyning fakul`tativ navlarini sariq zang kasalligiga chidamli donorlar asosida yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx96.
Ilmiy rahbar: Amanov Amir Amanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.QX.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patenti olingan: yumshoq bug‘doyning “Sa’d-2010” navi (№ NAR 00329). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2022 yil 20 apreldagi 20170029/5-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi Yumshoq bug‘doyning sariq zang kasalligiga chidamli donorlarini tanlash, xar hil genotip va ekotipda ajratilgan zang kasalligiga chidamli bo‘lgan manbalarini seleksiya jaryonlariga qo‘llash asosida yumshoq bug‘doyning yuqori hosilli yangi fakul`tativ navlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
omillari va sariq zang kasalligiga chidamli yumshoq bug‘doy navlarini yaratishda geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan xorijiy yangi nav namunalarining mahsuldorligi, ertapishar, issiqlikka hamda kasalliklarga chidamligi kabi belgi va xususiyatlariga ega yangi boshlang‘ich donorli manbalar tanlangan;
yumshoq bug‘doyning qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan zang  kasalliklariga bardoshli “Sa’d-2010” navi yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘iga patent olingan (№ NAR 00329);
yangi yaratilgan yumshoq bug‘doy navlari issiqlik va kasalliklarga chidamliligi, sug‘oriladigan maydonlarda etishtirishga mosligi, ekishga tavsiya etilgan navlarga nisbatan hosildorligi 10-15 s/gaga yuqoriligi, don tarkibidagi oqsil miqdori 1,5 % yuqori ekanligi bilan boshqa navlardan yangiligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Har xil ekologo-geografik guruhlarga mansub yangi xorijiy yumshoq bug‘doyning nav namunalari, tizmalari va navlarini ko‘p yillar davomida seleksiya jarayonining barcha bosqichlarida o‘rganish, baholash va tanlash asosida:
yumshoq bug‘doyning sariq zang kasalligiga chidamli «Sa’d-2010» navi yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘i sifatida patent (№NAR 00329) berilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 17 martdagi № 02/23-04/1338 -sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan yangi navning zang kasalliklariga chidamliligi xisobiga “Zamin-1” (andoza) naviga nisbatan hosildorligi 11,4-14,0 s/ga yuqori bo‘lgan;
    bug‘doyning “Sa’d-2010” navi Jizzax viloyatining Zafarobod tumani “Zafarobod ishonchi” fermer xo‘jaligida 4,0 gektar, Do‘stlik tumani “Kanonbobob elita urug‘chilik” fermer xo‘jaligida 3,5 gektar va Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida 7,0 gektar, jami 14,5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 17 martdagi № 02/23-04/1338 -sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, yumshoq bug‘doyning sariq zang kasalligiga chidamli «Sa’d-2010» navi parvarishlanganda etishtirish uchun sarflangan harajatlar “Zamin-1” (andoza) naviga nisbatan 350,0-400,0 ming so‘m/ga kam sarf qilinib, rentabellik darajasi yuqori bo‘lgan; 
yumshoq bug‘doyning “Sa’d-2010” navi Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida “Eliboev Azizbek” fermer xo‘jaligida 6,0 gektar, Guliston tumani “Baxmalsoy fayzi” fermer xo‘jaligida 3,0 gektar, Sayxunobod tumani “To‘ramirza Rustamovich” fermer xo‘jaligida 3,0 gektar, Xovas tumani “Yangier agrogibrid” fermer xo‘jaligida 3,0 gektar, jami 15,0 gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jalikgi vazirligi 17 mart 2022 yildagi  № 02/23-04/1338 sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, 63,1-65,7 s/ga don hosili olinib, rentabellik darajasi 36,2-39,8 % ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish