Baratov Jaxongir Nurmuxammadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoramollar piroplazmoziga qarshi maxsus profilaktik vosita”, 03.00.06 - Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2017.1.PhD/V1.
Ilmiy rahbar: G‘afurov Aktam G‘afurovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Oripov Anvar Oripovich, Veterinariya fanlar doktori, professor; Turabaev Nurpulat Jamalovich, Veterinariya fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jizzax viloyatining turli xil geografik-iqlim xududlarida qoramollar piroplazmidozlarining epizootik holati va qon so‘ruvchi kanalar faunasini aniqlash, kasalliklarni profilaktika qilish uchun yangi mahalliy Piroplazma begiminum uz shtammidan maxsus profilaktik vosita yaratish va veterinariya amaliyotiga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jizzax viloyatining turli geografik iqlim hududlarida kasallikni tarqatuvchi kanalardan: B.salcaratus 72 %, H.anatolicum 70%, H.detritum 20 % ekanligi aniqlangan;
piroplazmozga qarshi Piroplazma begiminum uz shtammidan tayyorlangan maxsus profilaktik vositaning texnologik jarayoni ishlab chiqilgan;
Piroplazma begiminum uz shtammidan tayyorlangan maxsus profilaktik vositaning zararsizligi, embriotoksik xususiyatlari, reaktogenligi va sigirlarning sut mahsuldorligiga salbiy ta’sir qilmasligi aniqlangan;
qoramollar piroplazmozini profilaktika qilishda ishlab chiqilgan Piroplazma begiminum uz shtammidan tayyorlangan maxsus vositaning profilaktik samaradorligi eksperimental va ishlab chikarish tajribalarida 6 oygacha bo‘lgan muddatni tashkil qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jizzax viloyatining turli iqlim-geografik hududlarida qoramollar piroplazmidoz kasalliklarini profilaktika qilishda yangi usullarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
Qoramollarning piroplazmoziga qarshi «Radiobiologicheskaya vaksina dlya spesificheskoy profilaktiki piroplazmoza krupnogo rogatogo skota i sposob eyo ispol`zovaniya» mavzusida 1 ta ixtiroga patent olingan (№IAR04997) va amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2022 yil 10 martdagi 02/23-91-son ma’lumotnomasi). Ushbu maxsus vositani qo‘llash natijasida Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani «Javoxir Pirmatov», «Turdubek» va «Umid-B» chorvachilik xo‘jaliklarida qoramollarning piroplazmoz bilan kasallanishi bartaraf etilgan.
«Qoramollar qon-parazitar kasalliklariga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlarining zamonaviy uslub va vositalarini qo‘llash bo‘yicha» tavsiyalar ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Veterinariya Bosh Boshqarmasi tomonidan 9 iyul 2014 yilda tasdiqlangan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2022 yil 10 martdagi 02/23-91-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni veterinariya amaliyotida joriy etilishi natijasida qoramollarning piroplazmoz bilan kasallanishi minimal darajaga kamaygan.
«Qoramollarning qon-parazitar kasalliklariga qarshi kurashish to‘g‘risida» qo‘llanma ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat Veterinariya Bosh Boshqarmasi tomonidan 2016 yilda tasdiqlangan va piroplazmozni davolashda ilmiy uslub sifatida foydalanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2022 yil 10 martdagi 02/23-91-son ma’lumotnomasi). Piroplazma begiminum uz shtammidan tayyorlangan maxsus profilaktik vositani qo‘llashdan olingan iqtisodiy samaradorlik har bir bosh qoramol uchun 607111 so‘mni tashkil etgan. Piroplazmozni profilaktika qilishda sarflangan 1 so‘m xarajatga 11 so‘m iqtisodiy samara olingan. Tavsiya etilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqarish sharoitida joriy etish hisobiga qoramollar piroplazmozidan davolash va oldini olishda yuqori samaradorlikka erishilgan.