Ibragimov Diyorbek Shuxrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog’i nomi): “Voyaga etmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkillashtirish va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu487.
Ilmiy rahbar: Pulatov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bosh prokuratura Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bosh prokuratura Akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Ixtiyor Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Ramazonova Nargiza Abdurashidovna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi voyaga etmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkillashtirish va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hayotga, sog‘liqqa, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va ahloqqa, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash kabi jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlik vasiylik va homiylikni rad etuvchi jinoyat turlari sifatida belgilanishi asoslangan;
Bolalar masalalari bo‘yicha kommissiyalarda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli va to‘loqonli bajarilishini ta’minlash maqsadida Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy komissiyalarining namunaviy tarkibida mas’ul kotib vazifasini Bolalarning ijtimoiy himoya qilish masalalari kotibiyati boshlig‘i, Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkibida esa mas’ul kotib vazifasini tuman hokimligidagi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘limi boshlig‘i bajarishi lozimligi asoslab berilgan;
yetim bolalarning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetim bolalarga turarjoylar ajratilishi ta’minlanmagan hollarda tuman (shahar) prokuraturalari tuman (shahar) hokimliklariga qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritilishi zarurligi ushbu sohani bevosita tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatning o‘zida belgilab berilishi lozimligi asoslab berilgan;
vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat olib borish, vasiylikdagi va homiylikdagi voyaga yetmagan shaxslarning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, boshlang‘ich professional ta’limga jalb etishni ta’minlashga doir qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari haqidagi qonunchilik ijrosini nazorat qilish hamda mehribonlik uylari va bolalar shaharchalarida va Respublika o‘quv-tarbiya muassasalarida voyaga yetmaganlar huquqlari amalga oshirilishi ustidan nazoratni tashkil etish, bolalarga nisbatan badanga shikast yetkazish va bolalar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lish sabablarini tahlil qilish Bosh prokuraturaning Voyaga etmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasining asosiy vazifalari sifatida belgilash lozimligi ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Voyaga etmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkillashtirish va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hayotga, sog‘liqqa, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va ahloqqa, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash kabi jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlik vasiylik va homiylikni rad etuvchi jinoyat turlari sifatida belgilanishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni
22-moddasi 6-xatboshisiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritishda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 8-noyabrdagi 30/16-21-95-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi muqaddam qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar tomonidan vasiylik va homiylikka tayinlanish tizimini ijtimoiy xavfliligiga qarab belgilashga xizmat qilgan;
Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy komissiyalarining namunaviy tarkibida mas’ul kotib vazifasini Bolalarning ijtimoiy himoya qilish masalalari kotibiyati boshlig‘i, Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkibida esa mas’ul kotib vazifasini tuman hokimligidagi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘limi boshlig‘i bajarishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6275-sonli Farmoni 2-ilovasi
19-bandi hamda 3-ilovasi 15-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 9-avgustdagi 30/8-21-1139-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalarning asosiy vazifa va funsiyalarini bajarish tartibini belgilashga xizmat qilgan;
belgilangan muddatlarda yetim bolaga uy-joy ajratilishi ta’minlanmagan yoki kechikishlar kuzatilgan taqdirda tuman (shahar) prokuraturalari tuman (shahar) hokimliklariga qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktyabrdagi 656-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 51-bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi ushbu sohada vakolatli idora va mansabdor shaxslar tomonidan qonun buzilishi holatlarini oldini olish, shuningdek yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga xizmat qilgan;
vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat olib borish, vasiylikdagi va homiylikdagi voyaga yetmagan shaxslarning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, boshlang‘ich professional ta’limga jalb etishni ta’minlashga doir qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy yordam olishga bo‘lgan huquqi kafolatlari haqidagi qonunchilik ijrosini nazorat qilish hamda mehribonlik uylari va bolalar shaharchalarida va Respublika o‘quv-tarbiya muassasalarida voyaga yetmaganlar huquqlari amalga oshirilishi ustidan nazoratni tashkil etish, bolalarga nisbatan badanga shikast yetkazish va bolalar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lish sabablarini tahlil qilish Bosh prokuraturaning Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasining nazorat obyekti sifatida belgilash lozimligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2021-yil 25-mayda qabul qilingan 228-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bobini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 9-sentyabrdagi 30/8-21-1140-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi Bosh prokuraturaning Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda hududiy prokuratura organlari tomonidan voyaga yetmaganlar sohasida nazoratni samarali tashkil etish va bu sohada bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni to‘laqonli belgilab olishga xizmat qilgan.