Yuldoshev Zoyir Toshkanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekiston Respublikasida aholi bandligining statistik tadqiqi, 08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1492.
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Asraqulov Abdurahmon Sultonovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi va uning hududlari bo‘yicha aholi bandligini iqtisodiy–statistik tahlil qilish, kompleks statistik baholash hamda istiqbollarini prognozlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat resurslari balansini tuzish uslubiyati “korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning doimiy yashash manzili”ni hisobga olishning yig‘ma statistik ko‘rsatkichlarini shahar va tumanlar kesimida ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
aholining “o‘zini-o‘zi band qilganlar” toifasini milliy iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar tarkibiga kiritish orqali mehnat resurslari balansini statistik baholash usuli takomillashtirilgan;
milliy mehnat statistikasining agregat ko‘rsatkichlari tizimini “xodimlarning toifalar va jinslar bo‘yicha soni” hamda “aralash daromadlar” indikatorlarini qo‘shish orqali kengaytirish taklif etilgan;
respublikada aholi bandligining ekonometrik modelini tuzish asosida 2022-2026 yillar uchun ko‘p variantli statistik prognoz ko‘rsatkichlari olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida aholi bandligining statistik tadqiqi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
mehnat resurslari balansini tuzish uslubiyati “korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning doimiy yashash manzili”ni hisobga olishning yig‘ma statistik ko‘rsatkichlarini shahar va tumanlar kesimida ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–366-son qarorining 8-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 11 oktyabrdagi 01/00-03/09-9115-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar mamlakatda mehnat resurslari balansini shakllantirish jarayonida hududlardagi mehnat resurslarini o‘z hududida band sifatida hisobga olish mezonlarini takomillashtirish imkonini bergan; 
aholining “o‘zini-o‘zi band qilganlar” toifasini milliy iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar tarkibiga kiritish orqali mehnat resurslari balansini statistik baholash usuli bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 dekabrdagi “Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1011-son qaroriga 2023 yildan e’tiboran o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining  2022 yil 11 oktyabrdagi 01/00-03/09-9115-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar mamlakatimizda rasmiy sektorda band aholi soni hisobini yuritish tizimini uslubiy jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan;
milliy mehnat statistikasining agregat ko‘rsatkichlari tizimi “xodimlarning toifalar va jinslar bo‘yicha soni” hamda “aralash daromadlar” indikatorlarini qo‘shish orqali kengaytirish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2021 yil 28 maydagi “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi SQ–297-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2021-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ning 24.2-bandi doirasida kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 29 sentyabrdagi 01/1-04-18/2-238-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatda mavjud bo‘lmagan milliy mehnat ko‘rsatkichlari va tegishli gender statistikasiga oid indikatorlarni shakllantirish va tarkibini kengaytirish imkoniyati yaratilgan; 
respublikada aholi bandligining ekonometrik modelini tuzish asosida 2022-2026 yillar uchun tuzilgan ko‘p variantli statistik prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 2022 yil 29 sentyabrdagi 01/1-04-18/2-238-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari mamlakatda aholi bandligini ta’minlash, ishsizlik darajasini pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar va yo‘nalishlarni belgilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish