Urunov Ravshanbek Sadullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Hududlarning barqaror rivojlanish maqsadlarini statistik baholash va prognozlash(xorazm viloyati misolida), 
08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt789.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Zoir Xudoyberganovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Boltaboy Ataniyazov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nuriddinov Zufar Akbarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida hududlarning barqaror rivojlanish yo‘lidagi maqsadlaridan, aholini kam ta’minlanganlik darajasini statistik usullarda baholash hamda istiqbollarini prognozlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarning barqaror rivojlanishini, aholi turmush darajasiga transformatsiyasi(omillar ta’sirining tarkibiy o‘zgarishi)ning ekonometrik modellari ishlab chiqilgan: ;
hududlarning barqaror rivojlanishini statistik baholash, aholining kam ta’minlanganlik darajasini pasaytirish va qolgan aholini kam ta’minlangan ulushiga tushirmaslik ishonch darajasini oshirish maqsadida “Bayes omilini hisoblash” va “Monte-Karlo usuli” kabi ekonometrik modellari taklif qilingan: 
  va  .
hududlarning barqaror rivojlanishini statistik baholashning “distributiv”, “indikativ” va “deskriptiv” tahlillari taklif qilingan;
iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini ifodalovchi ko‘rsatkichlar dinamikasidagi o‘zgarishlarni baholashning ko‘p variantli prognozlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarning barqaror rivojlanishini statistik baholash va prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
hududlarning barqaror rivojlanishini, aholi turmush darajasiga transformatsiyasining ekonometrik modellari ishlab chiqilgan va bu O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, hamda Xorazm viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasida foydalanish uchun qabul qilingan va amaliyotga joriy qilingan(O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 23 maydagi 01/1-04-18/2-122-son ma’lumotnomasi, Xorazm viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasining 2022 yil 18 maydagi 02/1-408-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlarning barqaror rivojlanish maqsadlarining indikatorlarini yaxshilash hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiluvchi omillar aniqlangan;
hududlarning barqaror rivojlanishini statistik baholash maqsadida Bayes statistikasi hamda Monte-Karlo usuli taklif qilingan va bu O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida foydalanish uchun qabul qilingan va amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 23 maydagi 01/1-04-18/2-122-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlarning iqtisodiy barqaror o‘sishi hamda iqtisodiy o‘sishda sifat omillarining ta’siri aniq statistik baholanib va natijalari aniqlandi hamda barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarining o‘rta muddatli prognozlari ishlab chiqilgan;
hududlarning barqaror rivojlanishini statistik baholash maqsadida tahlil, indikativ  va deskriptiv tahlil usullari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatida joriy etilgan(O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 23 maydagi 01/1-04-18/2-122-son ma’lumotnomasi). Natijada ayni paytda mamlakatda hudud va ularning shahar hamda tumanlarining iqtisodiy rivojlanishlarini kuzatib va tahlil qilib borish uchun yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan;
iqtisodiyotni barqaror rivojlanishini ifodalovchi ko‘rsatkichlar dinamikasidagi o‘zgarishlarni baholashning ko‘p variantli statistik prognozlari ishlab chiqilgan hamda Xorazm viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasida foydalanish uchun qabul qilingan va amaliyotga joriy qilingan (Xorazm viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasining 2022 yil 18 maydagi 02/1-408-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik orqali respublika va hududlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari prognoz qilindi hamda mamlakat iqtisodiyoti 2021 yilga nisbattan 2026 yilda 1,4 barobarga o‘sishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish