Iskandarov Sanjarbek Tursunbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Himoyalangan er sabzavotchiligini rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt92.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ravshan Vaxidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Toshkent Davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Famonqul Tursunqulovich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor,Sagdillaeva Zul`fiya Asanalievna iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash sharoitida himoyalangan er sabzavotchiligini (zashhishhenniy grunt) rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fermer va dehqon xo‘jaliklarida issiqxonalarda intensiv va resurstejamkor texnologiyalardan foydalanishni ko‘zda tutuvchi sabzavot ekinlarini parvarishlash va mahsulot etishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik karta ishlab chiqilgan;
rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish asosida respublika hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, bozor talabini hisobga olgan holda issiqxonalarda sabzavot mahsulotlari etishtirishning zamonaviy usullarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
issiqxonalarda mahsulot etishtiruvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi uyushmalarni tashkil etish, ularning tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
issiqxonalarda sabzavot etishtiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun boshlang‘ich sarmoyalarni shakllantirish maqsadlariga ajratiladigan kreditlarga imtiyozli stavkalarni belgilash va sug‘urtalashning rag‘batlantiruvchi tizimini joriy qilish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligida himoyalangan er sabzavotchiligini rivojlantirishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
fermer va dehqon xo‘jaliklaridamahsulot etishtirishda talab etiladigan moddiy-texnik va mehnat resurslar sarfini ilmiy asoslangan holda me’yorlashtirishga erishish maqsadida ishlab chiqilgan “Issiqxonalarda sabzavot ekinlarini parvarishlash va mahsulot etishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik kartalar (2016-2020 yillar uchun)” O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona va tashkilotlari faoliyatida foydalanilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 14 iyundagi 02/22-809-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kunda bir gektar issiqxonada sabzavot mahsulotlari etishtirish uchun o‘rtacha 80,0-82,0 mln. so‘m xarajat sarflanayotgan bo‘lsa, namunaviy texnologik kartalarni amaliyotga joriy etish natijasida o‘rtacha 4,0-4,2 mln. so‘mga (5-6%) qisqartirish yoki respublika bo‘yicha mavjud issiqxonalarning 5 ming gektardan ortig‘i pomidor va bodring mahsulotlari etishtirilishini inobatga olgan holda, 20 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ iqtisod qilinishi hisob-kitob qilingan.
cabzavot mahsulotlari bozorini rivojlantirish, issiqxona sabzavot mahsulotlari etishtirish imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish maqsadida ularning hududiy joylashtirish va ixtisoslashtirish bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona va tashkilotlari faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 fevraldagi 011/013-346-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida hududda an’anaviy issiqxonalarga nisbatan zamonaviy issiqxonalardan foydalanish natijasida 1 m2 maydonda sabzavot mahsulotlarining o‘rtacha hosildorligini 15-20 kg ga, daromad miqdorining esa 75-100 ming so‘mga ortishini ta’minlanishi asoslangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiiy-iqlim va ekologik holatidan kelib chiqqan holda himoyalangan er sabzavotchiligini rivojlantirish maqsadida “Himoyalangan erlarda sabzavot mahsulotlarini etishtiruvchilar” assosiatsiyasini tashkil etish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 fevraldagi 011/013-346-son ma’lumotnomasi). Mazkur assotsiatsiyani tashkil etish qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha 300 dan ortiq ishchi o‘rinlarini yaratish bilan birga aholini sabzavot mahsulotlari bilan yil mobaynida uzluksiz ta’minlab, uni eksport qilish imkoniyatlarini ham kengaytirgan.
zamonaviy issiqxonalar qurish va ular faoliyatining iqtisodiy barqarorligini oshirish maqsadida issiqxona sabzavotchiligi sub’ektlari faoliyati hamda kredit, lizing va sug‘urta munosabatlarini takomillashtirishni ta’minlash bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli korxona va tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 fevraldagi 011/013-346-son ma’lumotnomasi). Bunda issiqxona sabzavotchiligi sub’ektlari uchun beriladigan kredit foiz stavkalarini amaldagiga nisbatan 50 foizgacha kamaytirish, mos ravishda olingan kredit mablag‘larini qoplash muddatlarini uzaytirish, lizing shartlarini, ya’ni dastlabki to‘lov muddatini 3 yilgacha imtiyozli ravishda kechiktirish, qoplash muddatini 5 yilga uzaytirish, amaldagi issiqxonalarni mulk sifatida sug‘urtalash tariflarini 10 foizdan 6 foizgacha, hosil sug‘urtasi tariflarini 8 foizdan 5 foizgacha kamaytirish orqali respublikada issiqxona sabzavotchiligi tizimini barqaror rivojlanishini ta’minlash asoslab berilgan.