Bazarov Xurshid Mirzajanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy boyliklardan samarali foydalanishda soliq tizimining ta’sirchanligini oshirish yo‘llari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2191.
Ilmiy rahbar: Normurzaev Umid Xolmurzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Fayziev Farrux Abdullaxojaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tabiiy boyliklardan samarali foydalanishda soliq tizimining ta’sirchanligini yanada oshirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi neft` va gaz quduqlari foydalanishga topshirilgan oydan boshlab ikki yil muddatga hamda yangi neft` va gaz quduqlariga nisbatan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugagandan keyin uch yil davomida belgilangan soliq stavkasining 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasini qo‘llash orqali neft` va gaz mahsulotlari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish asoslangan;
qazib olingan foydali qazilmaning hajmini qazib olish, birlamchi ishlov berish, qayta ishlash va transportda tashish doirasida yuzaga keluvchi texnologik yo‘qotishlarni hisobga olgan holda, normalar doirasida, bunday normalar mavjud bo‘lmaganda esa soliq to‘lovchi tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida aniqlash taklifi asoslangan; 
soliq to‘lovchilarga berilgan er uchastkalari doirasida qazib olingan (ajratib olingan) hamda shaxsiy xo‘jalik va maishiy ehtiyojlari uchun foydalanilgan, keng tarqalgan foydali qazilmalar, daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlari natijasida qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalarni soliq solish ob’ekti tarkibidan chiqarish asoslangan;
geologiya-qidiruv o‘tkazish uchun ajratilgan maydon va foydali qazilma turlaridan kelib chiqib lisenziya to‘lovi joriy qilinishi, geologik o‘rganishlar uchun er qa’ridan foydalanganlik uchun har yillik lisenziya to‘lovini respublika byudjetiga 70 foiz, viloyat mahalliy byudjetiga 15 foiz, tuman (shahar) mahalliy byudjetiga 15 foiz hajmda yo‘naltirish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy resurslardan samarali foydalanishda soliq tizimining ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha tadqiqot natijalari davomida ishlab chiqilgan uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
yangi neft` va gaz quduqlari foydalanishga topshirilgan oydan boshlab ikki yil muddatga hamda yangi neft` va gaz quduqlariga nisbatan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugagandan keyin uch yil davomida belgilangan soliq stavkasining 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasini qo‘llash orqali neft` va gaz mahsulotlari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 29 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-741-sonli qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 15 dekabrdagi 18/1-75633-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida joriy yilda ishga tushirilgan 78 ta konning 3136 mlrd. so‘mlik balans qiymati bo‘yicha 47 mlrd. so‘m miqdorida mol-mulk solig‘idan imtiyoz qo‘llanilgan;
qazib olingan foydali qazilmaning hajmini qazib olish, birlamchi ishlov berish, qayta ishlash va transportda tashish doirasida yuzaga keluvchi texnologik yo‘qotishlarni hisobga olgan holda, normalar doirasida, bunday normalar mavjud bo‘lmaganda esa soliq to‘lovchi tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasining «Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-741-sonli qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 15 dekabrdagi 18/1-75633-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida foydali qazilmani qazib olish va qayta ishlash doirasida yuzaga keluvchi texnologik yo‘qotishlarni hisobga olish orqali ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish imkoni yaratilgan;
soliq to‘lovchilarga berilgan er uchastkalari doirasida qazib olingan (ajratib olingan) hamda shaxsiy xo‘jalik va maishiy ehtiyojlari uchun foydalanilgan, keng tarqalgan foydali qazilmalar, daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlari natijasida qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalarni soliq solish ob’ekti tarkibidan chiqarish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 oktyabrdagi PF- 6319-son «Geologiya-qidiruv ishlarini yanada rag‘batlantirish va er qa’ridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 15 dekabrdagi 18/1-75633-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021 yil 1 dekabr` holatiga geologiya-qidiruv ishlari olib borilayotgan 169 ta er qa’ri uchastkasi bo‘yicha 1352 gektar er yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ining soliq solish ob’ekti sifatida qaralmaydigan bo‘lgan;
geologiya-qidiruv o‘tkazish uchun ajratilgan maydon va foydali qazilma turlaridan kelib chiqib lisenziya to‘lovi joriy qilinishi, geologik o‘rganishlar uchun er qa’ridan foydalanganlik uchun har yillik lisenziya to‘lovini respublika byudjetiga 70 foiz, viloyat mahalliy byudjetiga 15 foiz, tuman (shahar) mahalliy byudjetiga 15 foiz hajmda yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 oktyabrdagi PF-6319-son «Geologiya-qidiruv ishlarini yanada rag‘batlantirish va er qa’ridan foydalanuvchilarga soliq solish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 15 dekabrdagi 18/1-5633-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida er qa’ridan foydalanganlik uchun har yillik lisenziya to‘lovini turli miqyosdagi byudjetlar o‘rtasida oqilona taqsimlash orqali tabiiy boyliklardan samarali foydalanishda soliq tizimining ta’sirchanligini oshirish imkoni yaratilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish