Anorboeva Baxtijamol Daniyar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari iqtisodiy faoliyatini statistik  tadqiqoti (Toshkent viloyati misolida),
08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan  raqam: B2022.2.PhD/Iqt2155.
Ilmiy rahbar: Siddikov Alisher Djurakulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi,  dotsent  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01. 
Rasmiy opponentlar: Sultonbaeva Muniraxon Bahodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; O‘tanov Bunyod Quvondiqovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport  universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi hududlardagi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonini  statistik baholash va  istiqbollarini prognozlash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari shahar va tumanlar kesimida iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash maqsadida statistik ko‘rsatkichlar tizimi «integral baholash», «davriy tebranishlar» va «o‘zgaruvchanlik» tasniflari orqali takomillashtirilgan;
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatida ichki va tashqi omillardan samarali foydalanish hisobiga «qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish», «infratuzilmani takomillashtirish» hamda «eksport salohiyatini yuksaltirish» yo‘nalishlari statistik jihatdan baholangan;
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari  faoliyatini tavsiflovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasini aniqlash va ularga ta’sir qiluvchi ekstensiv va intensiv omillar indekslar tizimi   asosida  ishlab chiqilgan;
ko‘p omilli ekonometrik modellarni qo‘llash hisobiga viloyat shahar va tumanlari kesimida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari  faoliyatini rivojlanish darajasi hamda istiqbollari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatining iqtisodiy-statistik tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari shahar va tumanlar kesimida iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash maqsadida statistik ko‘rsatkichlar tizimi «integral baholash», «davriy tebranishlar» va «o‘zgaruvchanlik» tasniflari orqali takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 4 oktyabrdagi 01-01/382–son ma’lumotnomasi). Bu ilmiy takliflar hududlarda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarini innovatsion rivojlanishi va samaradorligini baholashga xizmat qiladigan ko‘rsatkichlar va indikatorlarni takomillashuviga olib kelgan;
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatida ichki va tashqi omillardan samarali foydalanish hisobiga «qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish», «infratuzilmani takomillashtirish» hamda «eksport salohiyatini yuksaltirish» yo‘nalishlarini statistik jihatdan baholash bo‘yicha takliflar Toshkent viloyati statistika boshqarmasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Toshkent viloyati statistika boshqarmasining  2022 yil 19 sentyabrdagi 01/2-13-10/1-1136–son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar hududlarda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini barqaror rivojlanishi, samaradorligi va raqobatbardoshligini, eksport salohiyatini zamonaviy statistik usullarda tahlil qilish hamda baholashning turli uslublaridan samarali foydalanish imkonini bergan;
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini tavsiflovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasini aniqlash va ularga ta’sir qiluvchi ekstensiv va intensiv omillar indekslar tizimi   asosida  ishlab chiqilgan takliflar Toshkent viloyati statistika boshqarmasining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Toshkent viloyati statistika boshqarmasining  2022 yil 19 sentyabrdagi 01/2-13-10/1-1136–son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy takliflar hududlarda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini  innovatsion asosda tashkil etish, tizimli statistik tahlil qilish va boshqarish imkoniyatini oshirgan;
ko‘p omilli ekonometrik modellarni qo‘llash hisobiga viloyat shahar va tumanlari kesimida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari innovatsion faoliyatini rivojlanish darajasi hamda istiqbollarini baholash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 4 oktyabrdagi 01-01/382–son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy takliflar viloyat va uning hududlarida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini boshqarish bo‘yicha qabul qilinadigan optimal qarorlarni ishlab chiqishimkoniyatini kengaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish