Yusupov Axrorjon Qurbonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yoshlar siyosiy faolligini oshirishning madaniy va mafkuraviy omillari», 23.00.03 – Siyosiy madaniyat va mafkura (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ss104.
Ilmiy rahbar: Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSs.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yangi O‘zbekistonda yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va yoshlar siyosiy immunitetini mustahkamlashning madaniy va mafkuraviy omillaridan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda yoshlar siyosiy faolligini oshirish uchun ularning ehtiyojlari, qiziqishlari, tashabbuslari va manfaatlarini ifodalovchi yoshlar harakatini qo‘llab quvvatlab, davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligi tizimini yoshlardagi loqaydlik, nosog‘lom yot g‘oyalar ta’siridan himoyalashga qaratilgan priventiv dasturlarni amalga oshirish samarali ekanligi asoslangan;
yoshlarning siyosiy jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlash uchun “ko‘ngilli yoshlar”, “yosh islohatchi”, “yosh siyosatchi” kabi guruhlarni ta’lim tizimida tashkil etish orqali yoshlar ongiga siyosiy mafkura, siyosiy an’analar, siyosiy tajribalar, siyosiy plyuralizmga oid qarashlarni singdirish ularda Vatanga nisbatan daxldorlik, ma’suliyat va fuqarolik tuyg‘usining yuksalishiga xizmat qilishi asoslangan;
yoshlar siyosiy ongiga ta’sir o‘tkazishga yo‘naltirilgan siyosiy negativlar, mafkuraviy taxdidlarning oldini olish va jamiyatda bunyodkorlikka xizmat qiladigan yoshlar siyosiy madaniyatini rivojlantirishning “siyosiy e’tiqod-siyosiy immunitet-sog‘lom siyosiy faollik” mexanizmi yoshlarda milliy manfaatlarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan daxldorlikni kuchaytirishi ilmiy asoslab berilgan;
jamiyat ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq siyosiy jarayonlarda yoshlar ishtirokini kengaytirish hamda yoshlar siyosiy ongi, madaniyati, siyosiy faolligi va ijtimoiylashuvini yuksaltirish uchun uzluksiz hamda samarali mafkuraviy tarbiya tizimini ishlab chiqish muhim omil ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yoshlar siyosiy faolligini oshirishning madaniy va mafkuraviy omillari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jamiyatda yoshlar siyosiy faolligini oshirish uchun ularning ehtiyojlari, qiziqishlari, tashabbuslari va manfaatlarini ifodalovchi yoshlar harakatini qo‘llab quvvatlab, davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligi tizimini yoshlardagi loqaydlik, nosog‘lom yot g‘oyalar ta’siridan himoyalashga qaratilgan priventiv dasturlarni amalga oshirish samarali ekanligiga doir xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2021 yilga mo‘ljallangan dasturlarini ishlab chiqishda hamda partiyaning xalq bilan muloqot tizimini yoritib beruvchi “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi–15 yil xalq xizmatida!” kitobini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2021 yil 24 martdagi 01-27/265-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalar partiyaning dasturiy hujjatlarini ishlab chiqish, targ‘ibot ishlarining samaradorligi oshishiga hamda kitobning nazariy jihatdan boyishiga katta hissa qo‘shgan;
yoshlarning siyosiy jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlash uchun “ko‘ngilli yoshlar”, “yosh islohatchi”, “yosh siyosatchi” kabi guruhlarni ta’lim tizimida tashkil etish orqali yoshlar ongiga siyosiy mafkura, siyosiy an’analar, siyosiy tajribalar, siyosiy plyuralizmga oid qarashlarni singdirish ularda Vatanga nisbatan daxldorlik, ma’suliyat va fuqarolik tuyg‘usining yuksalishiga xizmat qilishiga doir xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yilda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror dasturining II bob “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari” rejasini ishlab chiqishda dissertasiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 24 martdagi 02/07-290-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;
yoshlar siyosiy ongiga ta’sir o‘tkazishga yo‘naltirilgan siyosiy negativlar, mafkuraviy taxdidlarning oldini olish va jamiyatda bunyodkorlikka xizmat qiladigan yoshlar siyosiy madaniyatini rivojlantirishning “siyosiy e’tiqod-siyosiy immunitet-sog‘lom siyosiy faollik” mexanizmi yoshlarda milliy manfaatlarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan daxldorlikni kuchaytirishi ilmiy asoslab berilganligiga oid ishlanma va xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejasining I.“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar”, II. “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari” bandlarini tayyorlashda dissertasiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 24 martdagi 02/07-290-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining jamiyatimizda yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bilan bog‘liq dasturiy vazifalarini amalga oshirishga katta hissa qo‘shgan;
jamiyat ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq siyosiy jarayonlarda yoshlar ishtirokini kengaytirish hamda yoshlar siyosiy ongi, madaniyati, siyosiy faolligi va ijtimoiylashuvini yuksaltirish uchun uzluksiz hamda samarali mafkuraviy tarbiya tizimini ishlab chiqish muhim omil ekanligiga doir xulosalardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejasining 16. “Yoshlarda siyosiy madaniyat va ijtimoiy faollikni rivojlantirish” va 28. “Milliy axborot makonini himoya qilish bo‘yicha Internet tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish” bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2021 yil 26 martdagi 04/02-46-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur xulosalar partiyaning yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligini rivojlantirish bilan bog‘liq ishlari samaradorligini oshirishga katta hissa qo‘shgan.