Muratova Shoxista Nimatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yoqilg‘i-energetika majmuasini iqtisodiy-ekologik rivojlantirish», 08.00.03–Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.1.PhD/Iqt10.
Ilmiy rahbar: Alimxodjaev Sobir Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.I.16.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yakutdjan Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saydaxmedov Xikmatulla Maxkamovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yoqilg‘i-energetika majmuasi faoliyatini iqtisodiy-ekologik jihatdan rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoqilg‘i-energetika majmuasi korxonalarining integratsiyalashgan iqtisodiy-ekologik faoliyatini takomillashtirishning bosqichli mexanizmi taklif etilgan;
integratsiyalashgan iqtisodiy-ekologik faoliyat chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ekologik dasturlashtirish sub’ektlari va tabiiy muhit munosabatlarini muvofiqlashtirish tuzilmasi takomillashtirilgan;
ko‘mir konlari resurslaridan kompleks foydalanishda ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy omillarni o‘zaro bog‘lash va iqtisodiy-ekologik samaradorlikni maksimallashtirish modeli ishlab chiqilgan;
energokimyoviy resurs majmuasi faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yoqilg‘i-energetika majmuasini iqtisodiy-ekologik rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yoqilg‘i-energetika majmuasi korxonalarining integratsiyalashgan iqtisodiy-ekologik faoliyatini takomillashtirishning bosqichli mexanizmi bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zbekenergo» AJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekenergo» AJning 2017 yil 28 oktyabrdagi RM-01-21/8165-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi elektroenergetika tarmog‘ining rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan va istiqbolda yoqilg‘i-energetika balansida ko‘mir ulushini oshirish zaruratini hisobga olib, «O‘zbekenergo» AJ tizimidagi issiqlik elektr stansiyalarining ko‘mir yoqilg‘isiga bo‘lgan ehtiyojlarini prognozlash imkoniyatini bergan;
integratsiyalashgan iqtisodiy-ekologik faoliyat chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ekologik dasturlashtirish sub’ektlari va tabiiy muhit munosabatlarini muvofiqlashtirish tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zbekko‘mir» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekko‘mir» AJning 2017 yil 7 noyabrdagi 01-13-1308-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga tatbiq etilishi iqtisodiy-ekologik dasturlashtirish doirasida maqsad, vazifa hamda tamoyillarni aniq belgilash, shuningdek, ularni resurslar bilan bog‘lash natijasida tarmoqning barqaror rivojlanishiga erishish samaradorligini baholash imkonini bergan;
ko‘mir konlari resurslaridan kompleks foydalanishda ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy omillarni o‘zaro bog‘lash va iqtisodiy-ekologik samaradorlikni maksimallashtirish modeli «O‘zbekko‘mir» AJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zbekko‘mir» AJning 2017 yil 7 noyabrdagi 01-13-1308-son ma’lumotnomasi). Resurslardan kompleks tarzda foydalanishning iqtisodiy-ekologik samaradorligini maksimallashtirish modeli asosida qabul qilingan loyihaning rentabellik darajasi 67,6 foizni tashkil etgan va 117,9 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
energokimyoviy resurs majmuasi faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mezonlari bo‘yicha berilgan taklif «O‘zbekenergo» AJ va «O‘zbekko‘mir» AJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekenergo» AJning 2017 yil 28 oktyabrdagi RM-01-21/8165-son hamda «O‘zbekko‘mir» AJning 2017 yil 7 noyabrdagi 01-13-1308-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning «O‘zbekenergo» AJ tasarrufidagi korxonalar faoliyatiga joriy qilinishi asosiy faoliyat natijasida hosil bo‘ladigan chiqindi mahsulotlarini maqsadli qayta ishlash samaradorligini 4 foizga oshirishni ta’minlagan va iqtisodiy-ekologik samaradorlikka erishish imkonini bergan.