Matkarimov Nizomjon Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning Xorazm viloyati sharoitida tuproq degradatsiyasi omillarining daraxt o‘simliklari biopotensialiga ta’sirini ekologik baholash», 03.00.10 – Ekologiya  (biologiya fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/B469.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Turaboev Akmal Normuminovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Eshniyazov Roxat Artikovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning Xorazm viloyati sharoitida tuproq degradatsiyasi omillarining daraxt  o‘simliklari biopotensialiga ta’sirini ekologik baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
deflyasiya o‘chog‘lari bo‘lgan cho‘l tuproqlarida daraxtlar turlarini –Elaeagnus angustifolia, Populus euphratica, Ulmus pumila unumdorligini oshirish va degradatsiyaga uchragan erlarni qayta tiklash omili sifatida samaradorligi isbotlangan;
sho‘rlanish darajasining tuproq-iqlim omillari, er osti suvlarining taqsimlanishi, yog‘ingarchilik va sug‘orish sharoitidagi tuproqlarning fitomelioratsiyasi imkoniyatlarini hisobga olgan holda, degradatsiyaga uchragan tuproqlarda daraxtlarning adaptiv potensallari aniqlangan;
tuproqning sho‘rlanish darajasi, er osti suvlari sathi, namlik miqdorini hisobga olgan holda tuproq degradatsiyasi omillari ta’sirida daraxtlarni tanlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
mintaqadagi suv resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirish maqsadida resurs tejamkor agrotexnologiyalardan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan;
daraxtlarning biometrik ko‘rsatkichlari bilan tabiiy-iqlim sharoitlari, agroekologik omillar va tuproqning hududiy sho‘rlanish xususiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik aniqlandi va bu munosabatlarni aks ettiruvchi xaritalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning Xorazm viloyati sharoitida tuproq degradatsiyasi omillarining daraxt o‘simliklariga ta’sirini ekologik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqadagi tuproq unumdorligini ekologik baholash hamda tuproq sifatiga va degradatsiya darajasiga indikator sifatida daraxtlarning ta’sirini aniqlash bo‘yicha bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2022 yil 17 fevraldagi 02/18-464-son ma’lumotnomasi). Natijada, cho‘l tuproqlarida mahsuldor fitotsenoz yaratish, shuningdek, samarali faoliyat ko‘rsatayotgan agroekotizimning amaliy asoslarini ishlab chiqish imkonini bergan;
to‘qay ekotizimlar holatining bioindikator sifatida aniqlangan antropo-tolerantlik darajasi bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2022 yil 1 martdagi 113-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning Xorazm viloyati sharoitida tuproq va ekologik sharoitlarni optimallashtirish va o‘rmonzorlar barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish