To‘xtaboev Xayrulla Nosirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda zamonaviy siyosiy elitani rekrutatsiyasining siyosiy-nazariy diskursi”, 23.00.01 - Siyosat nazariyasi va falsafasi. Siyosiy talimotlar tarixi va metodologiyasi (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ss287.
Ilmiy rahbar: Qodirov Anvar Qahhorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, sotsiologiya fanlar doktori, professor; Xasanov Otabek Abdurashidovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: siyosiy elitalarning o‘ziga xos xususiyatlari va rekrutatsiyasiga doir ilmiy-nazariy diskursini amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siyosiy elita rekrutatsiyasi jamiyat taraqqiyoti uchun alohida ahamiyaga ega bo‘lib, milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan, yuqori professional va meritokratik ko‘rsatkichlarga asoslangan me’yoriy, texnologik va kasbiy kompetensiyaga qaratilishi istiqbolli kadrlar siyosatini shakllanishiga olib kelishi ochib berilgan;
davlat va jamiyatning o‘zaro ijtimoiy-siyosiy-iqtisodiy rivojlanish muvozanatini ta’minlashda siyosiy elitaning yetakchilik faoliyatining o‘ziga xos samaradorligi, jamoatchilik oldida hisobdorligi va optimal qarorlar qabul qilish xususiyatlari reallikka mos siyosiy tizimning barqaror institusionallashuviga xizmat qilishi ilmiy asoslangan;
siyosiy boshqaruv tizimining muhim sub’ekti sifatida siyosiy elitani tashkiliy-funksional faoliyati ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy sohalarda erishilgan amaliy natijalarga bog‘liq bo‘lishi, bu siyosiy elitaning legitimlik darajasini aniqlovchi asosiy indekatorlar ekanligi ochib berilgan;
siyosiy elitaning individual va guruhiy faoliyati, vertikal hamda gorizantal boshqaruv tizimidagi salbiy og‘ishlardagi (manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiya, nepotizm va favoritizm kabi) illatlarni bartaraf etishda shaffoflik va jamoatchilik nazoratidan samarali foydalanish siyosiy elitaning xalqchilligini oshirishga xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi O‘zbekistonda fuqarolik zamonaviy siyosiy elitani shakllantirish texnologiyalarini o‘rganish natijasidagi takliflar asosida:
siyosiy elita rekrutatsiyasi jamiyat taraqqiyoti uchun alohida ahamiyaga ega bo‘lib, milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan, yuqori professional va meritokratik ko‘rsatkichlarga asoslangan me’yoriy, texnologik va kasbiy kompetensiyaga qaratilishi istiqbolli kadrlar siyosatini shakllanishiga olib kelishi yuzasidan bildirilgan amaliy takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda uning hududiy bo‘linmalari tarkibiga kiruvchi “Mahallada yoshlar yetakchisi”, “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida yoshlar sardori” hamda yosh zaxira kadrlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan “Inson resurslarini boshqarish”, “Liderlik sifatlari”, “Innovasion boshqaruv” kabi kadrlarni saralash loyihalari bo‘yicha mexanizmlarni ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 29-dekabrdagi 2-01-23-3397-son ma’lumotnomasi). Natijada, agentlik tizimida kadrlar siyosatini samarali tashkil etishda xodimlarni tanlash, tayyorlash va lavozimlarga tayinlashda jamoatchilik nazorati mexanizmini ishlab chiqish hamda faoliyatini uzluksiz baholash va shaffof monitoring qilishga qaratilgan KPI baholash indikatorlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
davlat va jamiyatning o‘zaro ijtimoiy-siyosiy-iqtisodiy rivojlanish muvozanatini ta’minlashda siyosiy elitaning yetakchilik faoliyatining o‘ziga xos samaradorligi, jamoatchilik oldida hisobdorligi va optimal qarorlar qabul qilish xususiyatlari reallikka mos siyosiy tizimning barqaror institusionallashuviga xizmat qilishi ilmiy asoslanganligiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019 yil 1-noyabrdagi VI s’ezdida tasdiqlangan Ustav va dasturidagi vazifalarni amalga oshirishda foydalanildi (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2021 yil 28 dekabrdagi 02/04-414sonli dalolatnomasi). Natijada, partiya rahbar organlari lavozimlariga hamda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda ishtirok etish uchun nomzodlar ko‘rsatish hamda davlat xizmatchilarining maqomini qonun darajasida mustaxkamlash, davlat xizmatchisining bilim, malaka, qobiliyat va layoqatlilik talablari asosida ob’ektiv tanlanish va baholash tizimini joriy etishga qaratilgan xizmat tizimining “ijtimoiy lift”ini ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan;
siyosiy boshqaruv tizimining muhim sub’ekti sifatida siyosiy elitani tashkiliy-funksional faoliyati ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy sohalarda erishilgan amaliy natijalarga bog‘liq bo‘lishi, bu siyosiy elitaning legitimlik darajasini aniqlovchi asosiy indekatorlar ekanligi ochib berilgan ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligining faoliyatiga joriy etildi (O‘zbekiston Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 25-oktyabrdagi 01/00-03/10-9664-sonli dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (2018 yil «31» dekabr) qarorining 11-bandida nazarda tutilgan Respublika mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish kurslarida hududiy bandlik boshqarmalari va tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari rahbar va mutaxassislariga nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarining dasturi, o‘quv rejasini ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
siyosiy elitaning individual va guruhiy faoliyati, vertikal hamda gorizantal boshqaruv tizimidagi salbiy og‘ishlardagi (manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiya, nepotizm va favoritizm kabi) illatlarni bartaraf etishda shaffoflik va jamoatchilik nazoratidan samarali foydalanish siyosiy elitaning xalqchilligini oshirishga xizmat qilishi asoslangan nazariy xulosa va amaliy tavsiyalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Markaziy Kengashi faoliyatida foydalanildi (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Markaziy Kengashining 2022 yil 25-avgustdagi 01-27/394–son dalolatnomasi). Natijada, partiya s’ezdlari hamda saylovoldi dasturida demokratik davlatni barpo etish vazifalarini amalga oshirishga qodir yangi davr kadrlarini birlashtirish, professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish, davlat xizmatiga zamonaviy fikrlaydigan, yangicha tafakkurga ega, boshqaruvning innovasion, yanada moslashuvchan modellarini ishlab chiqish va joriy etishga layoqatli etuk mutaxassislarni jalb qilishni ko‘zda tutuvchi yangi kadrlar siyosatini amalga oshirishga xizmat qilgan.