Saidov Ixtiyor Mizrabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy omillari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal603.
Ilmiy rahbar: Ramatov Jumaniyoz Sultanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Ortikov To‘lanboy Artikovich, falsafa fanlari doktori, professor va Rustamov Ilxomiddin Abduqodirovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jamoat xafvsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonini ijtimoiy-falsafiy va ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirishda an’anaviylik va zamonaviylik dialektikasining ijtimoiy-falsafiy asoslari, globallashuv sharoitida umumtamaddun va milliy ma’naviy barqarorlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari, potensial imkoniyatlari hamda metodologik, ontologik va epistemologik omillari ochib berilgan;
mualliflik yondashuvi asosida vatanpavarlik tuyg‘ularini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari (huquqiy, siyosiy, axloqiy, intellektual) ishlab chiqilib, yoshlarda pragmatik dunyoqarashni qaror toptirish va mustahkamlashning konseptual asoslari hamda ijtimoiy-falsafiy jihatlari ochib berilgan;
yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishning ilmiy asoslangan mezonlari hamda kreativ tafakkur, tahliliy fikrlash qobiliyati, mustahkam fuqarolik pozisiyasi kabi fazilatlarni zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimining umume’tirof qilingan talablari asosida shakllantirish tamoyillari dalillangan;
jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini, ijtimoiy mas’uliyat va faollik, fuqarolik pozisiyasini shakllantirishning innovatsion usullari, jamiyat ma’naviy taraqqiyotini ta’minlovchi umuminsoniy qadriyatlarning yoshlar ongi, dunyoqarashi, faoliyatiga deterministik ta’siri ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy omillari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirishda an’anaviylik va zamonaviylik dialektikasining ijtimoiy-falsafiy asoslari, umumtamaddun va milliy ma’naviy barqarorlikni ta’minlashdagi ratsional va irratsional omillarga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-son “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining “Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning bosqichlari va yo‘nalishlari” nomli 5-bobi mazmunidan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Harbiy pedagogika va psixologiya asoslari“ darsligi hamda “Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani mazmunan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022 yil 17 avgustdagi 10/1459-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-son “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining mazmunidan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini samarali ta’minlashga erishilgan hamda olib borilayotgan dars mashg‘ulotlari talabalarda harbiy vatanparvarlikka oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
mualliflik yondashuvi asosida vatanpavarlik tuyg‘ularini rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlari (huquqiy, siyosiy, axloqiy, intellektual) ishlab chiqilib, yoshlarda pragmatik dunyoqarashni qaror toptirish va mustahkamlash vositalariga doir yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar” dasturining “Mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tadbirlar” nomli VII bandida belgilangan “Ta’lim muassasalarida talaba, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida «Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi», «Avlodlarga munosib voris bo‘laylik», «Biz buyuk allomalar farzandlarimiz», «Ma’rifatli yoshlar — millat faxri» mavzusida harbiy faxriylar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish”ga bag‘ishlangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 16 avgustdagi 226-son dalolatnomasi). Natijalar yoshlarda vatanparvarlikni mustahkamlashning emotsionallik, faoliyatlilik, intellektuallik mezonlari va darajalari hamda uni shakllantirishning ishontirish, namunaviylik, maqsadlilik, rag‘batlantirish metodlarining ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishning ilmiy asoslangan mezonlari hamda kreativ tafakkur, tahliliy fikrlash qobiliyati, mustahkam fuqarolik pozisiyasi kabi fazilatlarni shakllantirish prinsiplariga doir tavsiyalar 2021-2022 yillarda O‘zbekiston Midliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” teleradiokanalidagi “Vatanparvar” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda, shuningdek, “Sport” teleradiokanalidagi “Armiya sporti” ko‘rsatuvlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 40/370-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi yuqoridagi ko‘rsatuvlarning bir qator telelavhalari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar va ularning samaradorlik darajasini aniqlovchi mezonlari haqidagi ilmiy xulosalar bilan boyitilgan va teletomoshabinlarning bu haqda atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan.
yoshlarda vatanpavarlik tuyg‘ularini shakllantirishning ob’ektiv va sub’ektiv yuksaltirish tamoyillari (sog‘lom muhit, sog‘lom tarbiya tamoyili), milliy ma’naviyat paradigmasini yuksaltirish yo‘llari va usullari (etnopsixologik tahlil qilish, ijtimoiy muhitga asoslanish, kognitiv yondashuv)ning ilmiy asoslashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olingan O‘zbekiston Respublikasi Milliy universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-20170929789 sonli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 24 avgustdagi 01/10-11-4842-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi yoshlar ma’naviy ongini shakllantirish jarayonining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari, mazmuni, shakli, usul va metodlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.