Alieva Dilafruz Muxtarovnaning
   falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak defektologlarni tayyorlashda ingliz tilini o‘qitish samaradorligini ta’minlashning pedagogik mexanizmlari”,13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2381.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Erkabaeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna filologiya fanlari doktori, dotsent; Jumanazarov Umid Umirzakovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak defektologlarni tayyorlashda ingliz tilini samarali o‘qitish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
      ingliz tilini samarali o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari bo‘lajak defektologlarning xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida uchraydigan til qiyinchiliklarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan vizual nutqiy topshiriqlarni lingvometodik muhitda “talaba-ta’lim ob’ekti” pozisiyasida qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
     bo‘lajak defektologlarni tayyorlashda ingliz tilini samarali o‘qitish mexanizmlari individuallik, differensiallik tamoyillarini kasbiy lug‘at o‘zlashtirilishining passivlik va faollik darajalariga yo‘naltirilgan kompentensiyaviy o‘qitish muhitiga tezkor takrorlash munosabatida singdirish asosida takomillashtirilgan;
     ingliz tilini o‘qitish samaradorligini ta’minlashning  tashkiliy- didaktik modeli bo‘lajak defektologlarda fonematik eshituv va yozuv texnikasi qiyosiy rivojlantirishga mo‘ljallangan “ My future profession is a defectologist” kabi kognitiv-lingvistik kasbiy nutqiy matnlarni mul`tisensorli o‘qitish muhitida shaxsiy taxrirli munosabatda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;  
       bo‘lajak defektologlarni tayyorlashda ingliz tilini o‘qitish sifatini baholash mezonlari kasbiy kontekstni tinglash, yozish, eshitish va gapirish kabi til malakalarini artikulyasion-korrektor mashqlari orqali rivojlantiruvchi muhitda eklektik tahlil qilish asosida takomillashtirilgan.       
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak defektologlarni tayyorlashda ingliz tilini o‘qitish samaradorligini ta’minlashning pedagogik mexanizmlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
     ingliz tilini samarali o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari bo‘lajak defektologlarning xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida uchraydigan til qiyinchiliklarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan vizual nutqiy topshiriqlarni lingvometodik muhitda “talaba-ta’lim ob’ekti” pozisiyasida qo‘llashga oid taklif va tavsiyalar asosida oliy defektologik ta’lim yo‘nalishlari malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak defektologlarning kasbiy kompetentligini xorijiy tilni o‘rganish muhitida rivojlantirishga xizmat qilgan;
      bo‘lajak defektologlarni tayyorlashda ingliz tilini samarali o‘qitish mexanizmlari individuallik, differensiallik tamoyillarini kasbiy lug‘at o‘zlashtirilishining passivlik va faollik darajalariga yo‘naltirilgan kompentensiyaviy o‘qitish muhitiga tezkor takrorlash munosabatida singdirishga doir oid taklif va tavsiyalari oliy ta’lim defektologiya yo‘nalishlari o‘quv reja va dasturlarini tayyorlash hamda ingliz tilini o‘qitish ta’lim jarayoni metodik ta’minotni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 20 maydagi 87-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tashkilotlarida bo‘lajak defektologlarni tayyorlashda ingliz tilini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
       ingliz tilini o‘qitish samaradorligini ta’minlashning tashkiliy-didaktik modeli bo‘lajak defektologlarda fonematik eshituv va yozuv texnikasini qiyosiy rivojlantirishga mo‘ljallangan “ My future profession is a defectologist” kabi kognitiv-lingvistik kasbiy nutqiy matnlarni mul`tisensorli o‘qitish muhitida shaxsiy taxrirli munosabatda qo‘llashga oid tavsiyalari  O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Bolalar va biz” “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasi  2022 yil 25 avgustdagi 04-36-1390 -son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan metodik yondashuvlarni keng miqyosda ommalashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish