Ahrorbek A’zamjonovich Azizovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek madaniyatida hayvonot olami bilan bog‘liq tasavvurlar (Farg‘ona vodiyci misolida)” mavzusidagi 07.00.07 – “Etnografiya, etnologiya va antropologiya” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.3.PhD/Tar212.
Ilmiy rahbar: Adhamjon Azimboevich Ashirov, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Isoqov Ziyodullo Safaralievich, tarix fanlari nomzodi; Doniyorov Alisher Xudoyberdievich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalqining hayvonot olami bilan bog‘liq qarashlarini Farg‘ona vodiysi materiallari asosida antropologik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
o‘zbek xalqining turmush tarzida jonivorlar moddiy (mablag‘larni mavsumiy saqlab turuvchi sarmoya manbai), ijtimoiy (aholi turmush tarzida muhim o‘ringa ega sut xo‘jaligi hayvonlari), ruhiy (estetik zavq beruvchi yoki animaloterapik) va madaniy (marosimiy qiymatga ega bo‘lishi) jihatdan marosimiy ahamiyatga egaligi etnografik materiallar asosida asoslab berilgan;
o‘zbeklarning jonivorlarga nisbatan munosabati tabiatni asrashga qaratilgan bilimlarni o‘zida mujassam etgan bioaxloqiy (tabiatga nisbatan munosabat) qarashlar tizimini tashkil etishi elshunoslik jihatdan isbotlangan;
o‘zbeklarning globallashuv jarayonida hayvonlarga nisbatan munosabati va ularni parvarishlash usullari (raqamli texnologiyalar va zamonaviy vositalardan foydalanish hamda turlarning aralashuvi) iqtisodiy, ijtimoiy va diniy omillar ta’sirida  o‘zgarishlarga  uchrayotganligi dalillangan;
o‘zbek xalqi milliy hunarmandchiligi (kulolchilik, pichoqsozlik, atlas to‘qish, misgarlik, egarsozlik)da hayvonlarning saqlovchi xususiyatga ega ekanligi va sehr kuchiga ishonish turli amaliy bezak shakllarining vujudga kelishida alohida ahamiyat kasb etib, bezak, shakl va qism ko‘rinishida saqlanib qolganligi tarixiy-etnografik materiallar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
hayvonot olamiga nisbatan mifologik, diniy hamda ahloqiy qarashlariga oid ilmiy xulosalaridan foydalanilgan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Dunyo bo‘ylab” telekanali bilan hamkorlikda “Kamalakdek serjilo” nomli ko‘rsatuvn ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan  (“Dunyo bo`ylab” telekanali DUKning 2017 yil 12 martdagi 08.14.109-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumot o‘zbeklarni hayvonot olami bilan bog‘liq tasavvurlarining vujudga kelishi omillari, turli tarixiy bosqichlarda o‘zgarishlarga uchrashiga oid bilimlarni keng jamoatchilikka tanishtirishga  asos bo‘lib xizmat qilgan;
jonivorlarga ijobiy munosabatning ruhiy-tarbiyaviy asoslari, aholi tasavvurlarida jonivorlarning siymosi aks etishi, ularning xalq amaliy san’ati, hususan, hunarmandchilikdagi ifodalanishiiga oid ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida “O‘zbeklarning zamonaviy etnoekologik madaniyati” amaliy loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 6 sentyabrdagi 3/1255-2433-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbeklarning jonivorlarga nisbatan munosabati to‘g‘risidagi etnoekologik madaniyat tizimini to‘g‘ri tushunish, talqin etish va ko‘nikmalarini ommaga to‘g‘ri targ‘ib etishda muhim manba vazifasini bajargan, ayniqsa, tabiat zanjiridagi jonivorlarning ahamiyatini to‘g‘ri talqin etishda ma’lumotlar zaxirasi sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish