Taylakova Shaxnoza Norbekovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘quvchi-yoshlar ma’naviyatini ommaviy axborot vositalari asosida takomillashtirish (teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar va internet xabarlari misolida)», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Red38.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti.

Ilmiy rahbar: Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Rahimov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Xalilova Shahnoza Turg‘unovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘quvchi-yoshlar ma’naviyatini ommaviy axborot vositalari asosida takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

teleko‘rsatuvlarning o‘quvchi-yoshlar ma’naviyatini takomillashtirishga xizmat qiluvchi (ogohlantiruvchi, ma’lumot beruvchi, integrativ, refleksiv, ijtimoiy pedagogik, madaniy-rekreativ) tashkiliy-pedagogik funksiyalari aniqlashtirilgan;

OAVda o‘quvchilar ma’naviyatini rivojlantirishga qaratilgan mavzular samaradorligini oshirish jarayoni o‘quvchilarning mediasavodxonligini rivojlantirish, kontentning yosh xususiyatlari va ma’naviy ehtiyojlarga mosligi, tarbiyaviy ishlar mazmuniga uyg‘unligi kabi mediapedagogik talablar asosida takomillashtirilgan;

o‘quvchi-yoshlar ma’naviyatini rivojlantirishga qaratilgan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning mazmunidan tarbiyaviy jarayonlarda foydalanish metodlari (suhbat, davra suhbati, videolektoriy, mediahaftaliklar) optimal mediapedagogik resurslar asosida takomillashtirilgan;

ta’lim muassasalari, o‘quvchilar va ota-onalar bilan mediamuloqotlar vositasida o‘quvchi-yoshlar ma’naviyatiga tahdid solayotgan zararli mediamahsulotlar ta’siriga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘quvchi-yoshlar ma’naviyatini ommaviy axborot vositalari asosida rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:

2016 yil 14 sentyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi O‘RQ-406-sonli Qonuni doirasida tayyorlangan ta’lim muassasasi, oila va mahalla faoliyatini hamkorligi asosida o‘quvchi-yoshlar ma’naviyatini ommaviy axborot vositalari asosida rivojlantirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining «Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishishlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi», shu jumladan , shu jumladan «Yoshlarning jamiyat hayotidagi roli va faolligini oshirishga qaratilganYoshlarning jamiyat hayotidagi roli va faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 27 dekabrdagi 01-02/1-7-383-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy qilinishi ta’lim muassasalarida, mahallalarda, oilalarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga xizmat qilgan;

Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan «Barkamol avlod kelajagimiz tayanchi» nomli mul`tmediali elektron trening qo‘llanmasi qator ta’lim muassasalarida ommalashtirilgan hamda ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonlarida o‘quvchi-yoshlar ma’naviyatini ommaviy axborot vositalari asosida shakllantirish, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 7 iyuldagi 01-02/1-3-213-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar maktab o‘qituvchilari kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarini rivojlantirish imkonini bergan;

o‘quvchi-yoshlar ma’naviyatini ommaviy axborot vositalari asosida yuksaltirishda madaniy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishga doir takliflardan ta’lim muassasalarida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati (hozirgi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi) Markaziy Kengashining 2016 yil 17 noyabrdagi 12-13/2491-son va Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 7 iyuldagi 01-02/1-3-213-son ma’lumotnomalari). Takliflarning joriy qilinishi ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida olib boriladigan ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarni yanada takomillashirish imkonini bergan;

o‘quvchilar ma’naviyatini rivojlantirishga qaratilgan mavzular samaradorligini va teleko‘rsatuvlarning pedagogik funksiyalarini oshirish, yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, yoshlar orasida axborot xavfsizligini ta’minlashga doir takliflardan O‘z MTRK tasarrufidagi «O‘zbekiston» telekanalining «Biz uchun muhim», «Bu ham muhim», «Nigoh» ko‘rsatuvlari hamda «Ozod yurt to‘lqinlari» MChJ tasarrufidagi «Mening yurtim» telekanali orqali efirga uzatilgan «Erkin fikr» tok-shousining (1, 2, 6, 8, 11, 12, 18, 23-sonlari) tayyorlanishida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 7 iyuldagi 01-02/1-3-213-son, «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2016 yil 17 noyabrdagi 13-13/1487-son va «Ozod yurt to‘lqinlari» MChJ tasarrufidagi «Mening yurtim» telekanalining 2016 yil 10 noyabrdagi 24-son ma’lumotnomalari).Takliflarning joriy qilinishi o‘quvchi-yoshlar ma’naviyatini OAV asosida rivojlantirish mexanizmlarini amalda qo‘llash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish