Keldiyorova Naima Nabijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek she’riyatida poetik obraz va uning badiiy talqini” (Azim Suyun ijodi misolida), 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti     (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil710.
Ilmiy rahbar: Qahramonov Qurdosh Yalg‘ashevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Nodirxon Dadaxanovich, filologiya fanlari doktori; Ulug‘ov Abdulla O‘zbekovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy va ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 70-90-yillar hamda mustaqillik davri she’riyatidagi ijodiy izlanishlar va badiiy yangilanishlarini iste’dodli shoir Azim Suyun asarlari misolida o‘rganish asosida davr she’riyatining yetakchi xususiyatlarini aniqlashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:       
XX asr 70-90 yillar o‘zbek yosh shoirlari she’riyatida poetik obraz yaratishning   o‘ziga xos xususiyatlarini jahon adabiyotshunosligi kesimida muammoning genezisi va tarixiy ildizlariga nazar tashlash va talqin etish asnosida badiiy tafakkur tadriji hamda ijodiy yo‘nalishlarini belgilashdagi asosiy omillardan biri ekanligi asoslab berilgan;
Azim Suyun she’riyatining  mavzu ko‘lami yuksak vatanparvarlik motivlari bilan sug‘orilgani, vatan madhi shoir she’rlarining o‘q tomirini tashkil etishi va ona zamin bilan uzviy bog‘liq tarzda tarannum qilinishi yaratilgan turfa xil obraz va timsollar orqali ifoda etilib, uning adabiy jarayonda tutgan o‘rni, zamondosh shoirlardan farqli jihatlari, an’anaviy she’riyatga hamohangligi hamda chuqur insoniy gumanistik g‘oyalari bilan ijtimoiy-estetik tafakkurga ko‘rsatgan ta’siri asoslangan;
shoir she’riyatidagi yetakchi poetik obrazlar tabiat hodisalari bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, odam va olam munosabatlarining falsafiy talqini, birinchi galda lirik qahramonning, qolaversa, shoir shaxsiyatining vokelikka, borliqqa bo‘lgan ijtimoiy-estetik pozisiyasini belgilovchi asosiy motivlardan biri ekani ochib berilgan;
shoirning shakliy-uslubiy izlanishi mahsuli bo‘lgan qayirmalarida qo‘llangan  “Ey, do‘st!” topilmasinining poetik obraz darajasiga ko‘tarilib, qoliplovchi vazifasida kelishi hamda falsafiy teranlik, hikmatona mohiyat va xalqona ifoda  ustuvorligini ta’minlashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Zamonaviy o‘zbek she’riyatida poetik obraz va uning badiiy talqini” (Azim Suyun ijodi misolida) mavzusi  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
70-90-yillar yoshlar she’riyatidagi poetik tafakkurning yangilanishi, badiiyati, jumladan, she’riyatda davr o‘zgarishlari bilan bog‘liq ravishda vujudga kelayotgan yangicha yo‘nalishlar, poetik obraz va timsollar hamda janriy o‘zgarishlar va o‘zbek she’riyatida Azim Suyun ijodining tutgan o‘rni masalalariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida bajarilgan OT—F1-80 “Globallashuv muammolarining badiiy talqini va zamondosh obrazi” (2017-2020 yy.) fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2021 yil 27 sentyabrdagi 3/1255-2961- son ma’lumotnomasi). Natijada Azim Suyun ijodi bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlarning boyitilishiga muhim asos bo‘lgan;
Azim Suyunning she’rlari, doston va maqolalari yuzasidan qilingan tahlillardan OT-F1-77 raqamli “O‘zbek adabiyoti durdonalari 100 jildligini nashrga tayyorlash” (2017-2021 yy.) fundamental loyihasida foydalanilgan  (Fanlar akademiyasining 2021 yil 5 iyuldagi 3/1255-2961-son ma’lumotnomasi). Natija muallifning bosib o‘tgan umr yo‘li, ijodi va she’rlari tahlillarining boyitilishiga xizmat qilgan;
poetik obraz va uning ijodkor she’rlaridagi o‘rni yuzasidan olib borilgan tadqiqotdan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi ijodiy kechalar va yosh ijodkorlar bilan uchrashuvlarda foydalangan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2022 yil  23 iyundagi 01-03/827-son ma’lumotnomasi). Natija shoir she’riyatini yoshlar o‘rtasida yanada kengroq targ‘ib etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish