Ganiev Salimjan Abduxalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Minhojiddin Mirzo she’riyati lingvopoetikasi”, 10.00.01¬ – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Ilmiy rahbar: Xamraeva Xulkar Xamidullaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qozog‘iston Respublikasi J.Tashenev nomli universitet.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Muhammadxon Xo‘jaxonovich filologiya fanlari doktori, professor; Saidov Yoqub Siddiqovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Minhojiddin Mirzoning tildan foydalanish mahoratini belgilashda she’riyat badiiyatini ta’minlovchi leksik-stilistik vositalarni tahlil qilish va shoir ijodining lingvopoetik o‘ziga xosligini asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Minhojiddin Mirzo o‘z she’riyatida turli xil lisoniy vositalar – fonetik (alliteratsiya, assonans); leksik (metafora, metonimiya, sinekdoxa, kinoya, ramz, ibora, maqol, matal); sintaktik (epitet, o‘xshatish, apostrofa, takror, oksyumoron, antiteza) vositalaridan samarali foydalanib, so‘z semantikasidagi nozik qochirimlarni rang-barang okkazional ifodalarda o‘quvchiga etkazib bera olish xususiyati ochib berilgan;
o‘xshatish etaloni sifatida aniq narsa-buyum, predmetlar o‘rniga insonning ruhiy holati, tabiat hodisasi, tashqi voqelik asosidagi okkazional o‘xshatishlar ijod qilganligi asoslangan;
turg‘un birikmalarning poetik ko‘lami va presedentlik usulining imkoniyatlaridan foydalanishdagi individual uslubiy mahorati faktik materiallar asosida dalillangan;
shoir ijodida badiiy tasvir va ifoda vositalarining qorishiq kompleksi shakllantirilgan o‘rinlar (masalan, alliteratsiya, anafora va metaforaning bir o‘rinda uyg‘unlashuvi) ko‘p uchrashi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Minhojiddin Mirzo she’riyati individualligini ta’minlovchi lisoniy vositalar tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
stilistik figuralarning lingvopoetik imkoniyatlariga oid xulosalar va tavsiyalardan 2020 - 2021 yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan «O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb – sayt va mul`timedia mahsulotlari to‘plamini (elektron lug‘atlar) yaratish» mavzusidagi FZ – 2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022 yil 5 sentyabrdagi 1/04-27-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy-nazariy manbalari boyitilib, lug‘atlarning mukammallashuviga erishilgan;
zamonaviy tilshunoslikda lingvopoetik tadqiqotlarning ilmiy nazariy asoslari haqidagi ilmiy xulosa va tavsiyalardan Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “O‘zbek tili” dastur va darsliklarini tuzishda, “O‘zbek tili (5-8-sinflar uchun)” nomli metodik qo‘llanmalarni yaratishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi o‘zbek etno-madaniy birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyatining 2022 yil 12 iyundagi 19-son dalolatnomasi). Natijada Qozog‘istondagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumta’lim maktablari ona tili darslarida o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va rivojlantirish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
she’riy nutqning jozibadorligini ta’minlovchi intralingvistik va ekstralingvistik omillar, til birliklarining lingvopoetik imkoniyatlari, ijodkorning poetik mahorati haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarida foydalanilgan (O‘zMTRKning 2022 yil 10 maydagi 04-36-1432-son dalolatnomasi). Natijada ushbu eshittirishlar amaliy jihatdan boyitilgan va ilmiy dalillar bilan ta’minlangan.