Xasanova Gulrux Xayrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dialogik nutqda noverbal vositalarning o‘rni va ularning pragmatik xususiyatlari”, 10.00.11¬ – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1248.
Ilmiy rahbar: Turniyazov Nigmat Qayumovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar institutida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Xurinisa Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor; Roziqova Gulbahor Zaylobidinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nutqda qo‘llaniladigan noverbal vositalar materiali asosida ularning dialogik nutqdagi o‘rni, shuningdek, kognitiv-pragmatik hamda lingvomadaniy farqlari masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar nutqining rivojlanishida noverbal vositalarining o‘rni hamda yosh bolalar noverbal muloqotining tarkibiy qismlari bosqichlari aniqlangan;
imo-ishora, yuz ifodasi, harakat, nigoh – qisqasi, axborotni uzatish noverbal yo‘llarining butun diapazoni insonning axborotli hissiy xabarini tashqi dunyoga uzatuvchi vosita bo‘lib xizmat qilishi asoslangan;
noverbal vositalarning pragmatik xususiyatlari, noverbal vositalarning madaniyatlararo muloqotda qo‘llanganda pragmatik ziddiyatlar kelib chiqishi sabablari aniqlangan;
noverbal vositalarning o‘qituvchi va talaba muloqotidagi muhim ahamiyati va ularning pragmatik hususiyatlari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dialogik nutqda noverbal vositalarning o‘rni va ularning pragmatik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning rivojlanishida noverbal aloqa vositalari, bolalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa nafaqat nutq yordamida, balki muloqotning og‘zaki bo‘lmagan vositalari yordamida ham amalga oshirilishi, noverbal muloqot tarkibiy qismlari bosqichlari bo‘yicha tajriba tadqiqot ishlari Samarqand shahridagi 76, 80, 98 - Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonida amaliyotga tatbiq etilgan (2020-2021y); (Samarqand shahar maktabgacha ta’lim bo‘limining 2021 yil 5 maydagi 01-01-487-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabga tayyorlov guruhlarida mashg‘ulotlar hamda bolalarning o‘zaro o‘yin jarayonlarida noverbal vositalardan foydalanishini talqin etish va noverbal, shuningdek, deyktik vositalardan foydalanish omillarini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lgan;
noverbal vositalarning o‘qituvchi-talaba muloqotidagi muhim ahamiyati va ularning pragmatik hususiyatlari haqidagi ilmiy xulosalardan Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European Languages: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 4 dekabrdagi 3299/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchi va talabalar muloqotida noverbal vositalarning to‘g‘ri qo‘llanilishiga, talabalarning ruhiy-intellektual holatiga tez ta’sir etuvchi nolisoniy omillar orqali axborotni etkazgan holda darsning samarali bo‘lishiga erishilgan;
muloqot jarayonida noverbal vositalarning qo‘llanilishida madaniy farqlar, deyktik vositalarning pragmatik axborotni etkazishdagi roli xususidagi xulosalardan I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 7 oktyabrdagi 2461/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning til o‘rganish jarayonida noverbal vositalardan, deytik imo-ishoralardan to‘g‘ri foydalanish imkoniyati yaratilgan;
dialogik nutqda noverbal vositalarning o‘rni va ularning pragmatik xususiyatlari tadqiqiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan efirga uzatiladigan “Onlayn repetitor” va “Milliy ta’lim” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” teleradiokanalining 2021 yil 30 noyabrdagi 01-16/250-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning noverbal vositalardan to‘g‘ri foydalanish bilim va ko‘nikmasini yanada oshirishga erishilgan, shuningdek, ushbu eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallar ilmiy dalillar bilan boyitilgan.