Yakubov Akmal Saydirasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xiva xonligining qozoq juzlari bilan savdo-sotiq, ijtimoiy va madaniy aloqalari», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tar498.
Ilmiy rahbar: Saidov Ilxomjon Muxiddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.02.10.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Shodmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori, professor;  Shodmon Huseynovich Voxidov, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xiva xonligining XVI-XIX asr boshlarida Qozoq juzlari bilan savdo-sotiq, ijtimoiy va madaniy aloqalari tarixini muammoga oid yozma manbalar va ilmiy adabiyotlar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xiva xonligining XVI-XIX asr boshlarida qozoq juzlari bilan siyosiy, iqtisodiy va etno-madaniy aloqalari tarixini yoritishda nafaqat xivalik tarixnavislar tomonidan yaratilgan asarlar, balki arxiv materiallari ham birlamchi yozma manbalar ekanligi aniqlangan;
Xiva xonligining qozoq juzlari bilan munosabatlarida siyosiy omillar ustuvor bo‘lmaganligi, aksincha, ikki tomonlama munosabatlar tizimida ishlab chiqarish va savdo-sotiq bilan bog‘liq jihatlar birlamchi ahamiyatga ega bo‘lganligi dalillangan;
Xiva xonligining qozoq juzlari bilan munosabatlari dinamikasiga XVI-XIX asr boshlarida Xorazm vohasi va Qozoq dashtlarida sodir bo‘lgan etnik jarayonlar va madaniy o‘zgarishlar jiddiy ta’sir ko‘rsatganligi ochib berilgan;
XVI asrda Xiva xonligining tashkil topishi mintaqa xalqlari, xususan Xorazm vohasi va qozoq juzlari o‘rtasidagi munosabatlarda yangi bosqichni boshlab berganligi, xonlikdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar ikki tomonlama munosabatlarda muhim omil bo‘lganligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xiva xonligining XVI-XIX asr boshlarida Qozoq juzlari bilan savdo-sotiq, ijtimoiy va madaniy munosabatlari tarixiga oid ilmiy yangiliklar va xulosalar asosida:
Xiva xonligining XVI-XIX asr boshlarida Qozoq juzlari bilan savdo-sotiq, ijtimoiy va madaniy aloqalari tarixini yoritishda nafaqat xivalik tarixnavislar tomonidan yaratilgan asarlar, balki arxiv materiallari ham birlamchi yozma manbalar ekanligi hamda Xiva xonligining qozoq juzlari bilan munosabatlarida siyosiy omillar ustuvor bo‘lmaganligi, aksinsa, ikki tomonlama munosabatlar tizimida ishlab chiqarish va savdo-sotiq bilan bog‘liq jihatlar birlamchi ahamiyatga ega bo‘lganligini dalillovchi ma’lumotlardan O‘zMTRK “O’zbekiston tarixi” telekanalida efirga o‘zatilgan “Ochiq dars” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O’zbekiston” teleradiokanalining 2022 yil 23 iyundagi 06-28-982-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi Xiva xonligining qozoq juzlari bilan aloqalaridagi o‘ziga xos jihatlarni ochib berishga va mintaqa xalqlari o‘rtasidagi munosabatlar tarixini yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirishga xizmat qilgan;
Xiva xonligining qozoq juzlari bilan munosabatlari dinamikasiga XVI-XIX asr boshlarida Xorazm vohasi va Dashti Qipchoqda sodir bo‘lgan etnik jarayonlar va madaniy o‘zgarishlar jiddiy ta’sir ko‘rsatganligi hamda XVI asrda Xiva xonligining tashkil topishi mintaqa xalqlari, xususan Xorazm vohasi va Dashti Qipchoq aholisi o‘rtasidagi munosabatlarda yangi bosqichni boshlab berganligi, xonlikdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar ikki tomonlama munosabatlarda muhim omil bo‘lganligini ko‘rsatib beruvchi ma’lumotlardan Muhammad Rahimxon II madrasasida joylashgan Xiva xonligi tarixi muzeyi, Islomxo‘ja madrasasida Xorazm amaliy san’ati muzeyi, Toshhovli saroyida joylashgan Xorazm hunarmandchiligi muzeyida namoyish etilayotgan mavzuga aloqador ashyolarning ilmiy pasportini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 16 martdagi 01-01/696-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi jamg‘armasini va sohani yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirishga hamda ma’lumotlarni tarixiy manbalar asosida ta’sirchan etkazishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish