Yarmatov Oybek Shaymanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkistondagi hind fuqarolari tarixi (XIX asrning ikkinchi yarmi  XX asr boshlari)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar882.
Ilmiy rahbar: Ergashev Baxtiyar Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019. Tar.02.10.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Sayfulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Qoryog‘diev Zufar Oxunjonovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhP).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr ikkinchi – XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatorligi viloyatlarida hind fuqarolarining joylashuvi, yashash sharoiti, mashg‘ulotlarini yoritish asosida ularning mintaqa siyosiy va iqtisodiy-ijtimoiy hayotidagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Turkistonda kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarida Markaziy Osiyo aholisi tarkibidagi hind fuqarolarining mahalliy aholi bilan o‘zaro aloqalari dinamikasi  ochib berilgan;
Hind fuqarolarining vatanlaridagi ijtimoiy, siyosiy ahvolining o‘zgarishlari natijasida Turkistonga kirib kelish sabablari va o‘lkadagi faoliyat turlari (savdo-iqtisodiy, mavsumiy mehnat faoliyati va b.) hamda, ularning milliyligini saqlab qolish uchun harakatlari (diniiy marosimlari va bayramlari va h.k.)  vatanlaridagi kabi bo‘lganligi aniqlangan;
Hind fuqarolarining o‘lkada olib borgan faoliyati Turkiston general-gubernatorligining ma’muriyati manfaatlariga zid kelmaganligi sabab o‘larga hech qanday cheklovlarsiz faoliyat ko‘rsatishga berilgan ruxsat tashqi siyosiy maqsadlarni ko‘zlab olib borilganligi ko‘rsatib berilgan;
Turkistondagi hind fuqarolarining o‘lkada olib borgan savdo-tijorat faoliyati mahalliy aholi xo‘jalik hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi, hozirgi davrda ham iste’molda foydalanayotgan atamalar (shakar, multoni va b.) ularning vatanlaridagi joylar toponimikasi bilan bog‘liqligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkistondagi hind fuqarolari tarixi (XIX asrning ikkinchi yarmi  XX asr boshlari) mavzusi doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Turkistonda yashagan hind fuqarolarining urf-odatlari va madaniy hayotiga oid ma’lumotlar va ularning o‘lkadagi savdo-iqtisodiy, mavsumiy mehnat faoliyati hamda milliyligini saqlab qolish uchun harakatlari diniy marosimlari va bayramlari bazasidan Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasida ilmiy axborot sifatida foydalanilgan (Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasining 2022 yil 18 oktyabrdagi 259-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligining 2022 yil 26 oktyabrdagi 02-01/3486-son ma’lumotnomasi). Natijada hindlarning Turkiston va uning shaharlariga kirib kelish sabablariga oid ma’lumotlar, hindlarning mintaqaga kirib kelish yullari tasvirlangan xaritalar, Turkiston shaharlaridagi hindlarning ro‘yxati hamda ularning bu hududdagi mashg‘ulotlariga oid ma’lumotlar madaniy meros agentligi huzuridagi muzeylar fondi va ularning ilmiy arxivlariga topshirilgan, shuningdek muzey-qo‘riqxona tizimidagi O‘zbekiston tarixiga doir ekspozisiyalarning ekskursiya matnlarini boyitishda hamda hujjatlar fondidagi XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlariga oid kolleksiyalarni ilmiy tahlil qilishda xizmat qilgan;
 XIX ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkistonda hind fuqarolari tarixiga oid ilmiy natijalar asosida: XIX asrning ikkinchi yarmi  XX asr boshlarida Turkistondagi  hind fuqarolarining Markaziy Osiyo aholisi tarkibida mavjudligi hamda ularning mahalliy aholi bilan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda o‘zaro aloqada bo‘lganligi haqidagi ilmiy yangiliklardan O‘zMTRK “O’zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O’zbekiston tarixi” telekanalining 2022 yil 18 oktyabrdagi 02-31-1756-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar Markaziy Osiyodagi hindlarning faoliyatini o‘rganishda, shuningdek, ingliz-rus raqobati va aholining etnik tarkibidagi o‘zgarishlarga oid ilmiy-tarixiy ma’lumotlarni keng jamoatchilikka etkazib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish