Asraqulova Adiba Nabievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yoshlar iqtisodiy tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fal596.
Ilmiy rahbar: Zamilova Rimma Ramil`evna, falsafa fanlari doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Ganiev Baxodir Sodikjonovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yoshlarning iqtisodiy tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish usullarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyot va iqtisodiy tafakkurni vujudga keltiruvchi attraktor (jalb qiluvchi) sabablari va uning dinamiklik, tuzilmaviylik, “sabab-oqibat” kabi rivojlanish xususiyatlari ochib berilgan;
iqtisodiy tafakkurning shakllanishi va rivojlanish tendensiyalaridagi muammolar (konseptual va protseduraga ko‘ra muammolar) hamda geoiqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari aniqlanib, ularning aloqadorligi dalillangan;
respublika hududlarida iqtisodiy tafakkurning shakllanishi va rivojlanishining sinergetik darajalari baholangan va uni milliy mentalitetga mutanosib ravishda rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari ochib berilgan;
milliy brendlarni innovatsion tarzda shakllantirish va rivojlantirish yosh mulkdorlar iqtisodiy tafakkurini yuksaltirish vositasi ekanligi ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda yoshlar iqtisodiy tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy asoslariga doir tavsiyalardan:
iqtisodiyot va iqtisodiy tafakkurni vujudga keltiruvchi attraktor (jalb qiluvchi) sabablari va uning dinamiklik, tuzilmaviylik, “sabab-oqibat” kabi rivojlanish xususiyatlari ochib berilganiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil II yarim yiliga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining 6-bandiga muvofiq «Yosh tadbirkorlarni xorijlik tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, tajriba almashish hamda tadbirkorlikka oid xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishlariga ko‘maklashish» dasturini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; 21-bandiga asosan esa «Made in Uzbekistan» shiori ostida yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulotlar ko‘rgazmasini tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida «Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori» tanlovini tashkil etish bandlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Markaziy Kengashining 2022 yil 21 sentyabrdagi 4-13-23-3063-son ma’lumotnomasi). Bu esa mamlakatimiz yoshlarining iqtisodiy siyosat olib borishdagi bilim va ko‘nikmalarini yuksalishiga samarali ta’sir qilgan;
iqtisodiy tafakkurning shakllanishi va rivojlanish tendensiyalaridagi muammolar (konseptual va protseduraga ko‘ra muammolar) hamda geoiqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari aniqlangan va ularning aloqadorligi ishlab chiqilganiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining iqtisodiy masaladagi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 16 sentyabrdagi 04-15/1892-son ma’lumotnomasi). Respublika hududlarida iqtisodiy tafakkurning shakllanishi va rivojlanishining sinergetik darajalari baholangan va uni milliy mentalitetga mutanosib ravishda rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari ochib berilgan;
iqtisodiy tafakkurning shakllanishi va rivojlanish tendensiyalaridagi muammolar (konseptual va protseduraga ko‘ra muammolar) hamda geoiqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari aniqlangan va ularning aloqadorligi ishlab chiqilganiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining “Biznes kompetensiyalarni oshirish, yoshlar startap loyixalariga ko‘maklashish va biznes-inkubatorlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi to‘g‘risida” gi Nizom loyihalarini ishlab chiqish va amaliyotga jalb qilishda foydalanildi. Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etilishi yosh mulkdorlar iqtisodiy tafakkurini shakllantirish borasidagi ob’ektiv va sub’ektiv muammolarni aniqlash, bu borada uchrayotgan to‘siqlarni bartaraf etish yo‘llarini metrik usullar asosida o‘rganishga xizmat qilgan; (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi 2022 yil 27 oktyabrdagi 11/05-15-11681-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar orasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatlari kengaygan.
respublika hududlarida iqtisodiy tafakkurning shakllanishi va rivojlanishining sinergetik darajalari baholangan va uni milliy mentalitetga mutanosib ravishda rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari ochib berilganiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil II yarim yiliga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining 6-bandiga muvofiq «Yosh tadbirkorlarni xorijlik tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, tajriba almashish hamda tadbirkorlikka oid xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishlariga ko‘maklashish» dasturini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; 21-bandiga asosan esa «Made in Uzbekistan» shiori ostida yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulotlar ko‘rgazmasini tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida «Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori» tanlovini tashkil etish bandlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Markaziy Kengashining 2022 yil 21 sentyabrdagi 4-13-23-3063-son ma’lumotnomasi). Bu esa mamlakatimiz yoshlarining iqtisodiy siyosat olib borishdagi bilim va ko‘nikmalarini yuksalishiga samarali ta’sir qilgan;
milliy brendlarni innovatsion tarzda shakllantirish va rivojlantirish yosh mulkdorlar iqtisodiy tafakkurini yuksaltirish vositasi ekanligi ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslab berilganiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining iqtisodiy masaladagi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 16 sentyabrdagi 04-15/1892-son ma’lumotnomasi). O‘zbekistonda yosh tadbirkorlarning istiqbollari jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan global iqtisodiy o‘zgarishlarga bog‘liqligi. Bu esa ularning iqtisodiy tafakkurini yanada keng ko‘lamda shakllantirish dolzarb masala ekanligini kursatib bergan.