Rustamova Sayyora Xatamovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qaror qabul qilishni optimallashtirish orqali ishlab chiqarish korxonalarida boshqaruv samaradorligini oshirish», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt1059.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Asqarov Nodirbek Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar Ismanov Ibrohim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bazarova Gulnora Gulyamovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qaror qabul qilishni optimallashtirish orqali ishlab chiqarish korxonalarida boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalarida boshqaruv qarorlari samaradorligining integral ko‘rsatkichlarini [0;1] “xavfi yuqori”, [1,01;1,5] “me’yordagi xavfsiz”, [1,51;2] “mutlaqo xavfsiz” baholashga ko‘ra chegara mezonlari asoslangan;
”Lux textile” xususiy korxonasi ishlab chiqarishning xomashyo matosini tayyorlash jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar sonini yangi texnika va texnologiyalarni kiritish orqali qisqartirish korxona foydasini oshirishga olib kelishi asoslangan;
“Lens Textile invest” MChJ da qaror qabul qilish mexanizmiga mazkur sohaga innovatsiyalar kiritish bilan shug‘ullanadigan maxsus bo‘linma tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
to‘qimachilik korxonalarida boshqaruv qarorlari samaradorligiga ta’sir etuvchi omillariga ko‘ra “Lens Textile invest” MChJ ning 2026 yilgacha mehnat unumdorligi darajasining prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qaror qabul qilishni optimallashtirish orqali ishlab chiqarish korxonalarida boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik korxonalarida boshqaruv qarorlari samaradorligining integral ko‘rsatkichlarini [0;1] “xavfi yuqori”, [1,01;1,5] “me’yordagi xavfsiz”, [1,51;2] “mutlaqo xavfsiz” baholashga ko‘ra chegara mezonlari bo‘yicha taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan 2021 yilda №245-sonli buyruq tasdiqlanib, Andijon viloyati “Lux Textile” xususiy korxonasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 19 apreldagi 03/25-1167-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Lux Textile” xususiy korxonasining iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash mezoni boshqaruv qarorlari natijasida [1,01;1,5] “me’yordagi xavfsiz” darajada bo‘lishi imkonini bergan;
”Lux textile” xususiy korxonasi ishlab chiqarishning xomashyo matosini tayyorlash jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar sonini yangi texnika va texnologiyalarni kiritish orqali qisqartirish korxona foydasini oshirishga olib kelishi bo‘yicha taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yildagi №245-sonli buyruq bilan tasdiqlangan holda “Lux Textile” xususiy korxonasining faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 19 apreldagi 03/25-1167-son ma’lumotnomasi). Natijada “Lux Textile” xususiy korxonasida boshqaruv qarorlarining ijtimoiy-tashkiliy samaradorligini qo‘shimcha oshirilishiga imkon yaratgan;
“Lens Textile invest” MChJ da qaror qabul qilish mexanizmiga mazkur sohaga innovatsiyalar kiritish bilan shug‘ullanadigan maxsus bo‘linma tashkil etishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yildagi №245-sonli buyruq bilan tasdiqlangan holda “Lux Textile” xususiy korxonasining boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 19 apreldagi 03/25-1167-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Lens Textile invest” MChJning iqtisodiy samaradorligi 9,1 foizga, texnologik samaradorligi 8,0 foizga hamda ishlab chiqarish xajmini 5,3 foiz qo‘shimcha oshirish imkonini bergan;
to‘qimachilik korxonalarida boshqaruv qarorlari samaradorligiga ta’sir etuvchi omillariga ko‘ra “Lens Textile invest” MChJ ning 2026 yilgacha mehnat unumdorligi darajasining prognoz ko‘rsatkichlar bo‘yicha taklif «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yildagi №245-sonli buyruq asosida “Lens Textile invest” MChJni 2022-2026 yillarda rivojlantirishning strategik rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 19 apreldagi 03/25-1167-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Lens Textile invest” MChJning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan strategik rejalari hamda mehnat unumdorligini 35 foizga ortishiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgan.