Raximov Zafar Komilovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloqda servis xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt915.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Qulmamat Janzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03.
Rasmiy opponentlar: Alieva Maxbuba Tuychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Qaxxorov Otabek Siddiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qishloqda servis xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloqda servis xizmat ko‘rsatish natijalarini baholash uslubiyoti qishloqda aholining tegishli servis xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan ta’minlanishi va qishloqda servis infratuzilmasini chet el tajribasiga ko‘ra takomillashtirilishi samarali ekanligi asoslab berilgan;
qishloqda servis xizmatlarini rivojlantirish tashkiliy-boshqaruv va iqtisodiy-moliyaviy mexanizmlarining asosiy yo‘nalishlari yangi raqamli tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini shakllantirish, aholi hamda tijorat banklarining pul mablag‘larini samarali yo‘naltirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
qishloqda servis xizmatlarini samarali va kompleks tashkil etish maqsadida hududiy «Qishloqxizmat» klasterini tashkil qilishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Samarqand viloyatida qishloq servis xizmatlarini rivojlantirish-ning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari eksponensial trend chizig‘i bo‘ylab o‘sishi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloqda servis xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloqda servis xizmat ko‘rsatish natijalarini baholash uslubiyoti qishloqda aholining tegishli servis xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan ta’minlanishi va qishloqda servis infratuzilmasini chet el tajribasiga ko‘ra takomillashtirilishi samarali ekanligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan «Tadbirkorlik sub’ektlarini 2022-2023 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturlari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi 2022 yil 21 yanvardagi 11/02-15-423-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloqda servis aylanmasining o‘sish darajasi 1,22 foizga, qishloqda aholining tegishli servis xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan ta’minlanishi 3,1 foizga oshirish imkonini bergan;
qishloqda servis xizmatlarini rivojlantirish tashkiliy-boshqaruv va iqtisodiy-moliyaviy mexanizmlarining asosiy yo‘nalishlari yangi raqamli tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini shakllantirish, aholi hamda tijorat banklarining pul mablag‘larini samarali yo‘naltirishga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan «Tadbirkorlik sub’ektlarini 2022-2023 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturlari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi 2022 yil 21 yanvardagi 11/02-15-423-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022-2023 yillarda tashkiliy-boshqaruv bo‘yicha innovatsiyalar 12 foizga, resurslar bilan ta’minlash darajasi 1,24 foizga oshirish hamda iqtisodiy-moliyaviy mexanizmlarining rivojlanish imkonini bergan;
qishloqda servis xizmatlarini samarali va kompleks tashkil etish maqsadida hududiy «Qishloqxizmat» klasterini tashkil qilishning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan «Tadbirkorlik sub’ektlarini 2022-2023 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturlari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi 2022 yil 21 yanvardagi 11/02-15-423-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida Samarqand viloyat Samarqand tumani “QAHRAMON NOZ NE’MATLARI” FX, Samarqand viloyat Bulung‘ur tuman “AYUB BARAKA” unitar korxonasi, Samarqand viloyat Bulung‘ur tuman “SAYILTEPA SAMDIL SAVDO” MChJ bo‘yicha qishloqda servis xizmat ko‘rsatishni yuqori iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shgan;
Samarqand viloyatida qishloq servis xizmatlarini rivojlantirish-ning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari eksponensial trend chizig‘i bo‘ylab o‘sishi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan «Tadbirkorlik sub’ektlarini 2022-2023 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturlari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi 2022 yil 21 yanvardagi 11/02-15-423-son ma’lumotnomasi). Prognoz-parametrlardan foydalanish 2026 yilgacha bo‘lgan davrda Samarqand viloyatida qishloqlarda servis xizmatini rivojlantirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini asoslashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish