Kaxxorov Avaz Jamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston avtomobil` transporti tizimida innovatsion marketing faoliyatini takomillashtirish», 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt 232.
Ilmiy rahbar: Fattaxov Adixamjon Azizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Ravshan Zokirovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Zohidov Azamat A’zamovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobil` transporti tizimida innovatsion marketing faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobil` transporti tizimida “yangi transport vositalari, tashish texnologiyalari va servis xizmatlarini qo‘llashga asoslangan” innovatsion transport xizmatlarini tijoratlashtirishning iqtisodiy mexanizmi takomillashtirilgan;
avtomobil` transporti korxonalarining innovatsion marketing salohiyatini baholash uslubiyatining ko‘rsatkichlar tizimi va algoritmik asosi takomillashtirilgan;
avtomobil` transportida innovatsion marketing faoliyati samaradorligini tavsiflovchi iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, marketing, boshqaruv, texnik-ekspluatatsion, ekologik, ergonomik va xavfsizlik mezonlari guruhi ishlab chiqilgan;
avtomobil` transporti korxonalarining innovatsion marketing faoliyati samaradorligini texnik-ekspluatatsion parametrning o‘zgarishi hisobiga aniqlash uslubiyati taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Avtomobil` transport tizimida innovatsion marketing faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
avtomobil` transporti tizimida yangi transport vositalari, tashish texnologiyalari va servis xizmatlarini qo‘llashga asoslangan innovatsion transport xizmatlarini tijoratlashtirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar Tashqi savdo vazirligi qoshidagi “O‘rta Osiyo Trans” AJning faoliyatiga joriy etilgan (“O‘rta Osiyo Trans” AJning 2017 yil 16 sentyabrdagi 09/10-27-son ma’lumotnomasi). Ushbu innovatsion transport xizmatlarini tijoratlashtirishning iqtisodiy mexanizmini qo‘llash transport xizmat ko‘rsatish bozori holatini o‘rganish va unda innovatsion marketingni tashkil etishdagi asosiy yo‘nalishlarni belgilab olish, shuningdek, innovatsion transport xizmatlarini baholash, iste’molchilarga munosibligini ilmiy asoslash, segmentlarga ajratish va yaratilgan innovatsion transport xizmatlarini tijoratlashtirish imkonini bergan;
avtomobil` transporti korxonalarida innovatsion marketing salohiyatini baholash uslubiyatining ko‘rsatkichlar tizimi va algoritmik asosini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar Tashqi savdo vazirligi qoshidagi “O‘rta Osiyo Trans” AJning faoliyatiga joriy etilgan (“O‘rta Osiyo Trans” AJning 2017 yil 16 sentyabrdagi 09/10-27-son ma’lumotnomasi). Mazkur yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘rta Osiyo Trans” AJda innovatsion marketing faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, ushbu ilmiy yangilik marketing boshqaruvini zamon talabi darajasida tashkil etish va transport xizmati ko‘rsatishni 2017–2021 yillardagi rivojlantirish strategiyalarini belgilashda muayyan darajada xizmat qilgan;
avtomobil` transportida innovatsion marketing faoliyati samaradorligini tavsiflovchi iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, marketing, boshqaruv, texnik-ekspluatatsion, ekologik, ergonomik va xavfsizlik mezonlari guruhi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar Tashqi savdo vazirligi qoshidagi “O‘rta Osiyo Trans” AJning faoliyatiga joriy etilgan (“O‘rta Osiyo Trans” AJning 2017 yil 16 sentyabrdagi 09/10-27-son ma’lumotnomasi). Avtomobil` transportida innovatsion marketing faoliyati samaradorligini tavsiflovchi mezonlar va ularni ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar guruhini amaliyotga tatbiq etish, innovatsion marketing faoliyati samaradorligini aniqlash uslubiyotidan bevosita foydalanish imkoniyatini yaratib, korxonalarni rivojlantirish samaradorlik mezonlari xususiyatidan kelib chiqib, qarorlar qabul qilishga xizmat qilgan;
avtomobil` transporti korxonalarining innovatsion marketing faoliyati samaradorligini texnik-ekspluatatsion parametrning o‘zgarishi hisobiga aniqlash uslubiyati Tashqi savdo vazirligi qoshidagi “O‘rta Osiyo Trans” AJning faoliyatiga joriy etilgan (“O‘rta Osiyo Trans” AJning 2017 yil 16 sentyabrdagi 09/10-27-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik asosida “O‘rta Osiyo Trans” AJ faoliyatida innovatsion marketingni joriy qilish evaziga texnik ekspluatatsion ko‘rsatkichlar 3-4 foizga yaxshilangan va ulardan samarali foydalanish natijasida yalpi daromad 17 foizga oshirilgan.