Ravshanov Sherzod Rahmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rossiya imperiyasining Farg‘ona viloyatiga aholini ko‘chirish siyosati va uning oqibatlari (XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlari)”, 07.00.01–“O‘zbekiston tarixi” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar.676.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: G‘offorov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Shodmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori, professor; Tursunov Ravshan Normuratovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida Farg‘ona viloyatiga aholini ko‘chirish siyosati va uning oqibatlari masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qo‘qon xonligining tugatilishi bilan uning o‘rnida Farg‘ona viloyati tashkil etilishi Rossiya imperiyasi mustamlaka boshqaruvida o‘zgarishlar yuz berganligi, ko‘chirish siyosati orqali buyuk davlatchilik shovinizmi va o‘lkani ruslashtirish maqsadini amalga oshirishga ochiqdan-ochiq kirishilgani isbotlangan;
Farg‘ona viloyatiga Rossiyaning markaziy rayonlaridan aholini ko‘chirish Turkiston general-gubernatorligi boshqa viloyatlari (Kaspiyorti, Ettisuv Sirdaryo)ga nisbatan kechroq boshlanganligi sabablari, ko‘chirishdagi o‘ziga xos xususiyatlar, ko‘chirilganlarni joylashtirish bilan bog‘liq muammolar aniqlashtirilgan;
viloyatga ko‘chirilgan aholi muammolarini hal etishda mahalliy boshqaruv bilan Turkiston general-gubernatori va imperiya ma’murlari o‘rtasidagi munosabatlar, ko‘chirishni ommaviy tus olishi omillari, mahalliy aholi va ko‘chganlar o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatli munosabatlar tufayli kelib chiqqan salbiy holatlar ochib berilgan;
Farg‘ona viloyatiga ko‘chirilgan aholining Turkiston general-gubernatorligi boshqa viloyatlaridagi (Ettisuvda-kazaklar, Kaspiyorti va Sirdaryo viloyatlarida asosan dehqonlar, shahar kambag‘allari) kabilardan ijtimoiy tarkibi farqlanishi, ularning milliy-etnik tarkibi bilan bog‘liq jihatlar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Rossiya imperiyasining Farg‘ona viloyatiga aholini ko‘chirish siyosati va uning oqibatlari (XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asr boshlari)” muammosini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 avgustdagi tashabbusi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Qatag‘on qurbonlari Respublika muzeyi fondini boyitishda, shuningdek, Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ekspozisiyasining “Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri” nomli bo‘limini to‘ldirishda ushbu “O‘zbekiston tarixi” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Rossiya imperiyasining Farg‘ona viloyatiga aholini ko‘chirish siyosati va uning oqibatlari (XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlari)” mavzusidagi ilmiy tadqiqotning yangi dalillarga asoslangan ilmiy natijalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2022 yil 10 fevraldagi 34-son ma’lumotnomasi). Qatag‘on qurbonlari Respublika muzeyi fondini boyitishda, shuningdek, Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ekspozisiyasining “Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri” nomli bo‘limini yangi tadqiqot materiallari bilan to‘ldirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali ijodkorlari ushbu “Rossiya imperiyasining Farg‘ona viloyatiga aholini ko‘chirish siyosati va uning oqibatlari (XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlari)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan tadqiqot ishidan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 13 maydagi 06-31-616-son ma’lumotnomasi). “O‘zbekiston tarixi” telekanali ko‘rsatuvlarini Rossiya imperiyasi davrida Turkiston, jumladan Farg‘ona viloyatiga aholini qo‘chirish siyosati bo‘yicha yangi tadqiqot materiallari asosida yanada boyitishga xizmat qilgan.