Shodiev Shahobiddin Sharofiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz uyg‘onish davri va jadidlar tragik asarlaridagi semantik innovatsiyalarning lingvo-falsafiy aspekti», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil902.
Ilmiy rahbar: Shadmanov Qurbon Badriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saparbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Rajabov Dilshod Zaripovich, filologiya  fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz dramaturgi U. Shekspir  va o‘zbek adibi A.Fitrat ijodining qiyosiy-tipologik tadqiqi orqali semantik innovatsiyalarning lingvofalsafiy aspektini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ingliz Uyg‘onish davri dramaturgi U.Shekspir va o‘zbek adibi A.Fitrat asarlarida semantik innovatsiyalarning lingvofalsafiy aspekti mualliflarning estetik strategiyasi, tafakkuri, badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy qarashlari orqali namoyon bo‘lganligi aniqlangan; 
shakliy-uslubiy yo‘nalish nuqtai nazaridan ikki xil tarixiy davrda, ikki xil milliy-madaniy kontekstda yashab ijod etgan, ayni vaqtda ijodiy kredosi, uslubi bir-biridan farqlanuvchi ikki dramaturg (U. Shekspir  va A.Fitrat)ning ijtimoiy voqelikka munosabati, uni badiiy qayta gavdalantirishdagi mushtaraklik va o‘ziga xosligi “Hamlet” va “Abulfayzxon”dagi Hamlet hamda Abulfayzxon obrazlarida namoyon bo‘lishi dalillangan; 
ma’rifiy-milliy uyg‘onishdan ijtimoiy-siyosiy harakatga aylanish jarayoni Shekspir ijodida G‘arbiy Evropa davlatlari ta’sirida, Fitratning ma’rifiy-axloqiy, falsafiy, lingvistik qarashlari esa bevosita tatar, ozarbayjon, turk jadidchilarining milliy mentalitet, islom dini va islomiy e’tiqodi ustuvorligida shakllanganligi isbotlangan; 
har ikkala muallif ijodi badiiy konsepsiyasining mushtarak jihati “Mind/Aql”, “Reason/Aql-idrok”, “Man/Inson” tushunchalari vositasida voqelikning badiiy-falsafiy mohiyati, ayni shu falsafiy kategoriyalarni zidlash orqali qahramonlarning ruhiy-ma’naviy olami, ichki dunyosi qiyoslangan asarlar markaziy chizig‘ini tashkil etishida namoyon bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz Uyg‘onish davri va jadidlar tragik asarlaridagi semantik innovatsiyalarning lingvo-falsafiy aspekti aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz Uyg‘onish davrining mashhur dramaturgi U.Shekspir va iste’dodli o‘zbek adibi A.Fitrat asarlarida semantik innovatsiyalarning lingvofalsafiy aspekti mualliflarning estetik strategiyasi, tafakkuri, badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligiga  doir xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 4 noyabrdagi 17.01/280-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyat taraqqiyoti uchun ham, badiiy adabiyot uchun ham g‘oyat muhim va global muammo sanalmish jamiyat konsepsiyasini, shuningdek, shu mavzuning badiiy talqinida ingliz uyg‘onish davri va jadidlar tragik asarlaridagi semantik innovatsiyalarning lingvo-falsafiy tahliliga aloqador ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishga erishilgan;
  shakliy-uslubiy yo‘nalish nuqtai nazaridan ikki xil tarixiy davrda, ikki xil milliy-madaniy kontekstda yashab ijod etgan, ayni vaqtda ijodiy kredosi, uslubi bir-biridan farqlanuvchi ikki dramaturg (U. Shekspir  va A.Fitrat)ning ijtimoiy voqelikka munosabati, uni badiiy qayta gavdalantirishdagi mushtaraklik va o‘ziga xosligi “Hamlet” va “Abulfayzxon”dagi Klavdiy hamda Abulfayzxon obrazida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosalaradan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining tomonidan Erasmus+dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi xalqaro loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 20 noyabrdagi 3104/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan dalillar, nazariy fikr-mulohazalardan o‘zbek-ingliz adabiyoti va adabiyotshunosligi hamkorligi va aloqalari ilmiy tarixini o‘rganishda, oliy o‘quv yurtlari filologiya fakul`tetlarida tarjimashunoslik fanlarini o‘qitishda, shu fanlar bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va dasturlar tuzishda, ingliz tili darsi mashg‘ulotlarida, o‘zbek-ingliz adabiy-madaniy aloqalari tarixidan ilmiy izlanishlar olib borish borasida tavsiyalar shakllantirilgan;
ma’rifiy-milliy uyg‘onishdan ijtimoiy-siyosiy harakatga aylanish jarayoni Shekspir ijodida G‘arbiy Evropa davlatlari ta’sirida, Fitrat ijodida ma’rifiy-axloqiy, falsafiy, lingvistik qarashlari bevosita tatar, ozarbayjon, turk jadidchilarining milliy mentalitet, islom dini va islomiy e’tiqodi ustuvorligida shaklanganligi bilan bog‘liq natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Javondagi javohir”, “Yoshlar vaqti” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 4 noyabrdagi 1/289-son ma’lumotnomasi). Natijada har ikkala muallif ijodi badiiy konsepsiyasining mushtarak jihati “Mind/Aql”, “Reason/Aql-idrok”, “Man/ Inson” tushunchalari vositasida voqelikning badiiy-falsafiy mohiyati, ayni shu falsafiy kategoriyalarni zidlash orqali qahramonlarning ruhiy-ma’naviy olami, ichki dunyosi voqelar rivoji bilan birgalikda kengaytirilib kommunikativ qobiliyatning takomiliga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish