Sharipov Soxib Salimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zamonaviy ikki tilli lug‘atlarning rivojlanish va tuzilish muammolari (rus-o‘zbek va o‘zbek-rus lug‘atlari materiallari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1390.
Ilmiy rahbar: Nigmatova Lolaxon Xamidovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Fayzullo Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Ruzmetov Suraj Allabergenovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida yaratilgan ruscha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-ruscha lug‘atlari yaratilishining nazariy va amaliy muammolarining yoritilishi, hamda zamonaviy tarjima leksikografiyasining istiqbolli vazifalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki tilli lug‘atlar insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlari bilan parallel ravishda yuzaga kelganligi, ruscha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-ruscha tarjima lug‘atlarining tarkibiy jihatlari genetik-kul`turologik, ijtimoiy-tarixiy va lisoniy-madaniy omillar ta’sirida shakllanganligi dalillangan;
tarjima lug‘atlarining tuzilishi lug‘at tuzish tamoyili, hajmi, tarkibi, mazmuni, materialni taqdim etish kabi differensial xususiyatlarini belgilashi va ularning tarkibi mega, makro, mikro tuzilmalardan iborat ekanligi isbotlangan;
uzluksiz ta’limning barcha bosqichlari uchun mo‘ljallangan assotsiativ, illyustrativ, mavzuiy, tarjima lug‘atlarini ishlab chiqish va raqamlashtirishda auditoriyaga qarab moslashtirish, o‘rganilayotgan materialni ketma-ketlik bilan murakkablashtirish va foydalanuvchilarning leksikografik malakasini oshirish mezonlari ustivorligi asoslangan;
o‘zbek tili milliy korpusining leksik-semantik munosabatdosh birliklar bazasini yaratish va milliy korpus asosida parallel tillar korpusini takomillashtirish tarjima lug‘atlari hamda o‘zbek tili milliy korpusi o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlik qonuniyatlari doirasida mantiqiy qiymat kasb etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ikki tilli lug‘atlarning rivojlanish va tuzilish muammolari (rus-o‘zbek va o‘zbek-rus lug‘atlari materiallari misolida)ni aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ikki tilli lug‘atlar insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlari bilan parallel ravishda yuzaga kelganligi, ruscha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-ruscha tarjima lug‘atlarining tarkibiy jihatlari genetik-kul`turologik, ijtimoiy-tarixiy va lisoniy-madaniy omillar ta’sirida shakllanganligi bilan bog‘liq xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi fundamental, innovatsion-ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 16 noyabrdagi 04/1-2206-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi ruscha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-ruscha o‘quv lug‘atlarini yaratishda loyiha materiallari yangi ilmiy-meyoriy manbalar bilan boyitildi, bunday lug‘atlarni yaratish jarayonida duch kelinadigan ayrim qiyinchiliklarga echim yo‘llari aniqlandi, lingvistik yordam sifatida foydalanishga tavsiya etilgan;
uzluksiz ta’limning barcha bosqichlari uchun mo‘ljallangan assotsiativ, illyustrativ, mavzuiy, tarjima lug‘atlarini ishlab chiqish va raqamlashtirishda auditoriyaga qarab moslashtirish, o‘rganilayotgan materialni ketma-ketlik bilan murakkablashtirish va foydalanuvchilarning leksikografik malakasini oshirish mezonlari ustivorligi bilan bog‘liq natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza”, “Diyor” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 2 noyabrdagi 1/282-son ma’lumotnomasi). Natijada ssenariy asosida ko‘rsatilgan televizion dasturlarda adabiy tanqidning zamonaviy jarayonlari, aholi savodxonligini oshirish, o‘smir yoshlar hamda yosh avlodning xorijiy tillarni, xususan, rus tilini o‘rganishga qiziqishini oshirish, lug‘at boyligini oshirish haqida so‘z yuritilib, maktabgacha va maktab o‘quvchilari, xizmat ko‘rsatish sohasining turli tarmoqlari hamda iqtisodiyotning davlat va xususiy sektor korxonalarining til malakasini oshirish zarurati aytib o‘tilgan, aholi o‘rtasida kitobxon madaniyati va savodxonlikni oshirish to‘g‘risida fikrlar yoritilgan;
tarjima lug‘atlarining tuzilishi lug‘at tuzish tamoyili, hajmi, tarkibi, mazmuni, materialni taqdim etish kabi differensial xususiyatlarini belgilashi va ularning tarkibi mega, makro, mikro tuzilmalardan iborat ekanligi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Rus madaniy markazi tomonidan tashkil etilgan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan seminarda “Zamonaviy ikki tilli lug‘atlar tuzish amaliyoti va muammolari (rus-o‘zbek o‘zbek-rus lug‘atlari materiallari)” mavzusidagi ma’ruzada foydalanilgan (O‘zbekiston Rus madaniy markazining 2021 yil 25 sentyabrdagi 02-93-son ma’lumotnomasi). Natijada seminar ishtirokchilari tadqiqot usullari, ikki tilli tarjima o‘quv lug‘atlarini tuzish nazariyasi va amaliyoti, lug‘atlarni tuzish xususiyatlari, bunda xalqning madaniy-ma’naviy aloqasini hisobga olish zarurligi bilan yaqindan tanishtirildi. Seminar yakuni bo‘yicha lug‘atlarning tuzilishi va mazmuni tahlil qilish uslublari, rus tilini o‘qitish amaliyotida zamonaviy ikki tilli o‘quv lug‘atlardan foydalanishga oid innovatsion yondashuvlar taklif etilgan.