Saidov Xayrulla Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek tillarida leksik tejamkorlikning ifodalanishi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1460.
Ilmiy rahbar: Rasulov Zubaydullo Izomovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi ingliz va o‘zbek tillarida leksik birliklarni tejab qo‘llash nutqiy ixchamlik, mazmunni oson tushuntirish, lakoniklik, rang-barang ifoda uslubiga, konnotativ ma’no ifodalashga erishish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida fonetik, leksik, sintaktik, morfologik, grafik tejamkorlik ko‘rinishlarida hosil bo‘ladigan dialektal, kontekstual, okkazional, emotsional-ekspressiv xususiyatlar muloqot jarayonining paradigmatik (til sathi) va sintagmatik (nutq sathi) munosabati hosilasi ekanligi dalillangan;
qiyoslanayotgan tillarda leksik tejamkorlikning metafora, metonimiya, sinekdoxa, kinoya, vazifadoshlik, substantivlashgan so‘zlar orqali ifodalanishi psixolingvistik, pragmalingvistik, lingvokul`turologik va sotsiolingvistik omillar ta’siri natijasi ekanligi isbotlangan;
har ikkala tilda leksik tejamkorlikning tasvir va talqin asosini kommunikativ, ekspressiv xususiyatlar tashkil qilishi hamda matn yaxlitligi, uning mantiqiy-mazmuniy izchilligini ta’minlashdagi ishtiroki muloqot vaziyati bilan shartlanganligi aniqlangan;
matnni shakllantirishda so‘zni tejash bilan bog‘liq yo‘llar, uni ta’minlovchi vositalarning uslubiy ahamiyati va xoslanganligi, leksik tejamlilikni ifodalovchi birliklarning til va nutqdagi mavqei, u orqali fonatsion energiyani tejashga erishishning ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi tejamkorlik tamoyili asosida shakllangan leksik birliklarning semantik, lingvopragmatik hamda lingvokul`turologik tadqiqi jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida fonetik, leksik, sintaktik, grammatik, grafik tejamkorlik ko‘rinishlarida hosil bo‘ladigan dialektal, kontekstual, okkazional, emotsional-ekspressiv xususiyatlar muloqot jarayonining paradigmatik (til sathi) va sintagmatik (nutq sathi) munosabati hosilasi ekanligiga oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 15 avgustdagi 17.01/321-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari ikki til doirasidagi leksik birliklar tahliliga asoslangan soha lug‘atlari yaratish uchun yangi ilmiy-nazariy manba va ma’lumotlar bilan boyitilgan;
qiyoslanayotgan tillarda leksik tejamkorlikning metafora, metonimiya, sinekdoxa, kinoya, vazifadoshlik, substantivlashgan so‘zlar orqali ifodalanishi psixolingvistik, pragmalingvistik, lingvokul`turologik va sotsiolingvistik omillar ta’sirida voqelanishiga oid xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan S-UZ800-18-GR-0022 raqamli “Access-STEM” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 11 noyabrdagi 05-01-2452-son ma’lumotnomasi). Natijada filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz) ta’lim yo‘nalishi talabalari va o‘qituvchilarning lingvistik va kommunikativ qobiliyatini oshirish, tilshunoslik, xususan, og‘zaki diskursda kuzatilatiladigan qisqartma va akronimlar mundarijasi borasidagi bilimini oshirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda yangi yondashuvlar asosida fan dasturini modernizatsiya qilish imkoni yaratilgan;
har ikkala tilda leksik tejamkorlikning tasvir va talqin asosini kommunikativ, ekspressiv xususiyatlar tashkil qilishi hamda matn yaxlitligi, uning mantiqiy-mazmuniy izchilligini ta’minlashdagi ishtiroki muloqot vaziyati bilan shartlanganligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 14 noyabrdagi 1/286-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni boyitilgan; keltirilgan tahlillar teletomoshabinlarning muloqot jarayonida, diskursiv faoliyat mobaynida tilning asosiy vazifasi bo‘lgan axborotni uzatish va qabul qilish harakatlari samarasi va mazmuni to‘g‘risidagi bilimini va ularning nutq zohirlanishiga qiziqishini oshirishga imkon yaratgan.