Rabieva Mohidil G‘ayratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kinodiskurs tarjimasida evfemizatsiya, disfemizatsiya va ortofemizatsiya voqelanishining kontekstual-situativ va sotsiokommunikativ tamoyillari», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2601.
Ilmiy rahbar: Qosimova Nafisa Farhodovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammedovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xodjaeva Dilafro‘z Izatilloevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kinodiskurs tarjimasida evfemizatsiya, ortofemizatsiya va disfemizatsiya voqelanishining kontekstual-situativ hamda sotsiokommunikativ tamoyillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muloqot jarayonida evfemizmlar va disfemizmlar inson kognitiv tajribasining ajralmas qismi ekanligi, ular faqatgina ijobiy va salbiy konnotatsiyalardan iborat semantik struktura emasligi, aksincha, baholash va qayta baholash mezonlari ta’sirida o‘z tabiatini o‘zgartira olishi dalillangan;
ingliz badiiy fil`mlari diskursining lingvokul`turologik xususiyatlari va leksik-semantik mohiyati har ikkala xalq tilining milliy-lisoniy, nominatsion-motivatsion, ularning yashash tabiiy-iqlim sharoiti, til va nutq madaniyati, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligi asoslangan;
evfemizm, ortofemizm yoki disfemizmni qo‘llash zarurati muloqot ishtirokchilarining kommunikativ intensiyasi, ruhiy holati, fundamental bilimi, nutqiy vaziyatga bevosita bog‘liq ekanligi va mazkur jihatlar muayyan eksperiensial kontekstda namoyon bo‘lishi isbotlangan;
iks-femik birliklar tarjimasida tasviriy va tushirib qoldirish usullarida namoyon bo‘ladigan kontekstul tamoyilning ustuvorligi, kal`kalash, qo‘shish, aniqlashtirish, umumlashtirish usullarining ikkilamchi xarakteri evfemiya va disfemiyaning bir chiziqli bo‘lmay, o‘zgaruvchan metakommunikativ hodisaligi, voqelik kontekstining spontan tabiatga egaligi kabi omillar bilan shartlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inglizzabon badiiy kinodiskursida voqelangan evfemik, ortofemik va disfemik birliklarni o‘zbek tiliga tarjima qilishning kontekstual-situativ hamda sotsiokommunikativ tamoyillarini belgilash asosida:
evfemizm, ortofemizm yoki disfemizmni qo‘llash zarurati muloqot ishtirokchilarining kommunikativ intensiyasi, ruhiy holati, fundamental bilimi va nutqiy vaziyatga bevosita bog‘liq ekanligi va mazkur jihatlar muayyan eksperiensial kontekstda namoyon bo‘lishiga doir xulosalardan Navoiy davlat pedagogika institutining F1-XT-19919 – “O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotidagi tutgan o‘rni” mavzusida fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Navoiy davlat pedagogika institutining 2022 yil 24 iyundagi 88-87-2384/04-son ma’lumotnomasi). Natijada nutq ishtirokchilarining pragmatik va eksperiensial faoliyati muloqotning muvaffaqiyatiga yoki aksincha uning tanazzuliga sabab bo‘lishini asoslashga xizmat qilgan;
ingliz badiiy fil`mlari diskursining lingvokul`turologik xususiyatlari va leksik-semantik mohiyati har ikkala xalq tilining milliy-lisoniy, nominatsion-motivatsion, ularning yashash tabiiy-iqlim sharoiti, til va nutq madaniyati, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligi bilan bog‘liq xulosalardan Buxoro davlat universitetida Evropa Komissiyasining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “TALENT – Establishing Master Programmes in Human Resource Management and Talent Development in Central Asia” mavzuidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 28 iyundagi №05-01-0965 son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilari va mutaxassislarining ingliz va o‘zbek tillarida ishlatiladigan kommunikativ-lisoniy birliklar xususiyatlari haqidagi bilimlar bazasini yanada kengaytirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
iks-femik birliklar tarjimasida tasviriy va tushirib qoldirish usullarida namoyon bo‘ladigan kontekstul tamoyilning ustuvorligi, kal`kalash, qo‘shish, aniqlashtirish, umumlashtirish usullarining ikkilamchi xarakteri evfemiya va disfemiyaning bir chiziqli bo‘lmaganligi, o‘zgaruvchan metakommunikativ hodisa ekanligi, voqelik kontekstining spontan tabiatiga doir xulosalardan “Buxoro” telekanalining “Menga so‘z bering”, “Assalom, Buxoro”, “Jahon tamadduni durdonalari”, “Asrlarning asraganlari” teleko‘rsatuvlari, “Buxoro” radiosining “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 15 iyundagi 1/161-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga erishilgan va ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.