Mavlonova O‘g‘iloy Hamdamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Amerika nasrida kinoyaning poetik ifoda xususiyatlari», 10.00.04 –  Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil1149.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Kiselev Dmitriy Anatol`evich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Xajieva Feruza Melsovna, filologiya  fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Amerika nasrida kinoyaning badiiy-estetik kategoriyalar tizimidagi o‘rni, komiklik shakli sifatida paydo bo‘lish omillari, tadrijiy takomili, undan yozuvchilarning foydalanish mahoratini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
jahon adabiyotining antik, o‘rta, uyg‘onish, ma’rifatchilik  davrlarida adiblarning kinoyadan foydalanishdagi badiiy mahoratiga xos takomil belgilari, ijtimoiy-psixologik omillari, individuallik hamda umumiylik, yaqinlik va mushtaraklik qirralari ochib berilgan; 
Amerika adabiyotida kinoyaning og‘zaki, vaziyatli, dramatik, fojiali, sokratik, klassik, romantik, kosmik, tarixiy, verbal, meta kabi turlari, piching, kesatiq, shama, qochirim, sarkazm, istehzo, pisanda kabi poetik ko‘rinishlari tasniflanib, g‘oyaviy-estetik hamda kompozision, ya’ni syujet qurilishidagi badiiy vazifalari dalillangan;
Amerika adabiyotida kinoya uslubiy vositasidan foydalanishning ijtimoiy-tarixiy, badiiy-estetik asoslari va ushbu badiiy tasvir vositasiga xos gnoseologiya usuli, universaliyalar hamda uni keltirib chiqaruvchi paradigmalar aniqlangan;
Amerika nasrida janr, uslubiy xususiyat, kompozision tuzilma, mazmun va shakliy ifodani qamrab olgan intertekstuallik va matnning ekstralingvistik muhitda real kommunikativ vaziyatni voqelantiradigan interdiskursivlik kategoriyalari ramziy obrazlar, allyuziya, parodiya, pastish kabi badiiy tasvir vositalari orqali namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amerika nasrida kinoyaning poetik ifoda xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Amerika adabiyotidagi roman, qissa, hikoyalarda kinoyaning paydo bo‘lishi va shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari, uni o‘rganishga sinxron va diaxron yondashuv tamoyillari, antik, o‘rta asr, uyg‘onish, ma’rifatchilik davridagi taraqqiyot xususiyatlarining  ustivorligi  bilan bog‘liq ilmiy xulosalaridan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 1 apreldagi  124-son ma’lumotnomasi). Natijada jahon adabiyotidagi an’anaviy, umumiy adabiy hodisalardan biri bo‘lgan kinoyaning mohiyati, realistik, tanqidiy realistik, modernistik va postmodernistik nasrdagi taraqqiyot xususiyatlari, badiiy asar g‘oyaviy yo‘nalishi, janri va strukturasini belgilashdagi ahamiyati, tipologik xususiyatlari ochib berilgan;
kinoya – jahon adabiyotidagi an’anaviy, badiiy-tasvir vositalardan biri ekani, uning piching, kesatiq, shama, qochirim, sarkazm, istehzo, pisanda kabi tushunchalar bilan o‘xshashligi va farqi; og‘zaki, vaziyatli, dramatik, fojiali, sokratik, klassik, romantik, kosmik, tarixiy, verbal, meta turlarga ega ekanligi; uning inson, jonivor, predmet, makon va zamonga yo‘naltirilgan holda namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan S-UZ800-18-GR-0022 raqamli “Access-STEM” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 19 fevraldagi 05-01-0611-son ma’lumotnomasi). Natijada Amerika nasridagi roman, qissa, hikoyalarda kinoyaning paydo bo‘lishi va shakllanishidagi ijtimoiy-psixologik omillar; badiiy asar g‘oyaviy yo‘nalishi, janri va strukturasini belgilashda kinoyaning ahamiyati; uning Amerika nasridagi milliy belgilari, nosirlar ijodida voqelikka kinoyaviy munosabat ko‘rsatish usullari, bunda adiblarning zoosemizm va fitonimlardan foydalanish mahorati haqidagi fikr-mulohazalar tinglovchilar qiziqishini oshirishga xizmat qilgan;
kinoya – komiklikning dolzarb shakli, matn shakllantiruvchi uslubiy vositalardan biri, so‘z o‘yinining bir turi, gnoseologiya usuli, badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, muallif estetik strategiyasi, tafakkuri, lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 31 maydagi 1/124-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga, ularning Amerika adabiyotida kinoyaning kelib chiqish omillari, poetik ifoda xususiyatlari bo‘yicha bilimini, ilmiy tasavvur-tushunchalarini boyitishga erishilgan. Shuningdek, ishning ilmiy xulosa va natijalaridan foydalanish teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning mazmunini ilmiy dalillar bilan boyitishga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyatini oshirishga asos yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish