Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik tizimi», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped39.

Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Sharipova Dil`yara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Islomov Ilyos Normatovich, tarix fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik tizimi optimalligiga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ijtimoiy faol o‘quvchi shaxsini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish sub’ektlarining o‘zaro hamkorligi strategiyasini belgilash asosida ishlab chiqilgan;

shaxs ijtimoiy faolligini oshirish jarayonlarining ustuvor (tashabbusni qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro hurmat, qiziqish va ehtiyojlarni inobatga olish, individual yondashuv, hamkorlik, sub’ektivlik, erkin tanlov) prinsiplari retrospektiv davriylik hamda jamiyat talablariga muvofiq takomillashtirilgan;

o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faollik darajasini ifodalovchi indikatorlar tarkibi davlat ijtimoiy buyurtmasiga muvofiq faol fuqarolik, o‘zini o‘zi rivojlantirish, milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalar asosida aniqlashtirilgan;

o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligiga ta’sir etuvchi sub’ektlar faoliyatining izchilligi hamda uzviyligini ta’minlash mexanizmi ijtimoiy munosabatlarning integratsiyalashuvi asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Shaxs ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari va mezonlari, vositalari, shakllari, metodlaridan foydalanish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187-sonli qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari»da belgilangan ijtimoiy faol fuqaroliktayanch kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 29 avgustdagi 01-02/1-3-349-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faollik darajasini ifodalovchi indikatorlar tarkibi davlat ijtimoiy buyurtmasiga muvofiq faol fuqarolik, o‘zini o‘zi rivojlantirish, milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalar asosida aniqlashtirilgan;

ijtimoiy faollik va shaxs umummadaniyati bilan bog‘liq shaxsiy sifatlarga oid mualliflik g‘oyalaridan «Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari» mavzusidagi fundamental loyiha doirasida yaratilgan «Pedagogika» ensiklopediyasining II jildini tayyorlashda, A1-XT-1-33147 raqamli «Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik jarayonlarni tashkil etishni boshqarish sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari» nomli amaliy (2012–2014 y.y.) hamda F1-XT-0-020452 raqamli «Dars intizomiga salbiy munosobatdagi bolalarga nisbatan konstruktiv ta’sir etishning nazariy va metodologik asoslari» nomli fundamental (2012–2016 yy.) tadqiqot loyihalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2017 yil 27 sentyabrdagi 01/8-01-09/329-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxs ijtimoiy faolligini oshirish jarayonlarining ustuvor prinsiplari retrospektiv davriylik hamda jamiyat talablariga muvofiq takomillashtirilgan.

o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik tizimini joriy etishga doir takliflari 2017 yil 18 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3138-sonli «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbir to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlashda sinf rahbarlari, maktab psixologi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, yoshlar yetakchisi faoliyatini tashkil etishga muayyan darajada xizmat qilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 29 avgustdagi 01-02/1-3-349-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy faol o‘quvchi shaxsini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli o‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish sub’ektlarining o‘zaro hamkorligi strategiyasini belgilash asosida takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish