Melikov Otabek Maxmadaminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari kredit va depozit xizmatlari amaliyotini takomillashtirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1643.
Ilmiy rahbar: Bobakulov Tulkin Ibodullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Atamurodov Ulug‘bek Baxtiyarovich, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit va kredit xizmatlari ko‘rsatish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining kredit portfelini diversifikatsiya qilish orqali kredit riski kredit portfelini shakllantirishning mavjud tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda, bitta tarmoqqa beriladigan kreditlarning bank kredit portfelidagi ulushining 15 foizidan oshib ketmasligi me’yorini kredit siyosatida portfelning asosiy diversifikatsiya mezoni sifatida belgilash taklifi asoslangan;
iqtisodiyot tarmoqlarida yuzaga kelgan kon’yunkturaviy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda kredit portfelini diversifikatsiya darajasi bo‘yicha belgilangan 15 foizli mezonga nisbatan 5 foizgacha tebranishga ruxsat berish taklifi ishlab chiqilgan;
har bir tarmoq vazirligi bilan ushbu tarmoq korxonalariga berilgan kreditlarning ta’minoti, kreditlarning foiz stavkalarini bir qismini qoplab berish, davlat tomonidan subsidiyalanadigan kreditlarning hajmi bo‘yicha aniq kelishuv bitimini tuzish orqali tijorat banklari kredit va depozit xizmatlari amaliyotini takomillashtirish asoslangan;
har bir tarmoq sub’ektlariga berilgan kreditlarning umumiy summasiga nisbatan kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining yuqori me’yoriy chegarasini belgilab qo‘yish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining depozit va kredit xizmatlari ko‘rsatish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining kredit portfelini diversifikatsiya qilish orqali kredit riski kredit portfelini shakllantirishning mavjud tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda, bitta tarmoqqa beriladigan kreditlarning bank kredit portfelidagi ulushining 15 foizidan oshib ketmasligi me’yorini Kredit siyosatida portfelning asosiy diversifikatsiya mezoni sifatida belgilash taklifi AT “Turonbank”ning 2022 yil uchun Kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Turonbank”ning 2022 yil 15 iyundagi 2825/26–sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida AT “Turonbank”da brutto aktivlarning daromadlilik darajasi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan sezilarli o‘zgargan;
iqtisodiyot tarmoqlarida yuzaga kelgan kon’yunkturaviy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda kredit portfelini diversifikatsiya darajasi bo‘yicha belgilangan 15 foizli mezonga nisbatan 5 foizgacha tebranishga ruxsat berish taklifi AT “Turonbank”ning 2022 yil uchun Kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Turonbank”ning 2022 yil 15 iyundagi 2825/26–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida AT “Turonbank”da chakana kreditlardan olingan foizli daromadlar miqdori 2021 yilda 2020 yilga nisbatan ma’lum darajada oshgan;
har bir tarmoq vazirligi bilan ushbu tarmoq korxonalariga berilgan kreditlarning ta’minoti, kreditlarning foiz stavkalarini bir qismini qoplab berish, davlat tomonidan subsidiyalanadigan kreditlarning hajmi bo‘yicha aniq kelishuv bitimini tuzish orqali tijorat banklari kredit va depozit xizmatlari amaliyotini takomillashtirish taklifi AT “Turonbank”ning 2022 yil uchun Kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Turonbank”ning 2022 yil 15 iyundagi 2825/26–sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida AT “Turonbank”da kapitalning passivlar hajmidagi salmog‘i 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 3,5 foizli punktga oshgani holda, hissali ishtirok shaklidagi investisiyalar miqdori 1,9 martaga ko‘paygan;
har bir tarmoq sub’ektlariga berilgan kreditlarning umumiy summasiga nisbatan kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining yuqori me’yoriy chegarasini belgilab qo‘yish taklifi AT “Turonbank”ning 2022 yil uchun kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Turonbank”ning 2022 yil 15 iyundagi 2825/26–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida AT “Turonbank”da 2021 yilda 2020 yilga nisbatan muddatli depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘i 5,7 foizli punktga oshgani holda, kreditlarning daromadlilik darajasi 1,7 foizli punktga oshgan.