Haydarov Dilshod Shog‘darovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3191.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; dotsent Mamatov Dilmurod Normurotovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integratsiyalashgan texnologik loyihalash kompetentligi talaba shaxsining ma’naviy-bilim orttirish va qadriyatlarga oid faolligiga, uning ijtimoiy amallarga qodirligini kuchaytirishga, mohir pedagogning yaxlit shaxsini shakllantirishga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini texnologik loyihalash kompetentligi texnologik jarayonlarni ajratish va abstraksiyalash, bilimlarni umumlashtirish hamda bochqichma – bochqich rejalashtirish maqsadning realligiga mos ravishda hamda harakat qilishning aniq traektoriyasini belgilash asosida takomillashtirilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini texnologik loyihalash kompetensiyasi rivojlantirishda “STEAM educational model 3” texnologiyasini adaptatsiyalash, bilim, malaka va ko‘nikmalari hamda ta’lim traektoriyalarini mustaqil ta’limga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik loyihalash ko‘nikmalari produktiv hamda reproduktiv faoliyatga kirishish, konstruktiv va rekonstruktiv, ziddiyatlarga nisbatan ta’sirchanlikni aniqlash va ularni maqsadga qaratilgan holda ifodalash mahoratini shakllantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasiga oid olingan natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integratsiyalashgan texnologik loyihalash kompetentligi talaba shaxsining ma’naviy-bilim orttirish va qadriyatlarga oid faolligiga, uning ijtimoiy amallarga qodirligini kuchaytirishga, mohir pedagogning yaxlit shaxsini shakllantirishga yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oida tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 maydagi 02-07-1354/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini texnologik loyihalash kompetentligi texnologik jarayonlarni ajratish va abstraksiyalash, bilimlarni umumlashtirish hamda bochqichma – bochqich rejalashtirish maqsadning realligiga mos ravishda hamda harakat qilishning aniq traektoriyasini belgilash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 maydagi 02-07-1354/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning amaliy faoliyatli tashkil etish bo‘yicha bilimlar darajasi pedagogik amaliyotda rivojlantirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini texnologik loyihalash kompetensiyasi rivojlantirishda “STEAM educational model 3” texnologiyasini adaptatsiyalash, bilim, malaka va ko‘nikmalari hamda ta’lim traektoriyalarini mustaqil ta’limga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 maydagi 02-07-1354/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning amaliy faoliyatli tashkil etish bo‘yicha bilimlar darajasi pedagogik amaliyotda rivojlantirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologik loyihalash ko‘nikmalari produktiv hamda reproduktiv faoliyatga kirishish, konstruktiv va rekonstruktiv, ziddiyatlarga nisbatan ta’sirchanlikni aniqlash va ularni maqsadga qaratilgan holda ifodalash mahoratini shakllantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 maydagi 02-07-1354/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalar predmetli amaliy, variativlik mahoratini shakllantirilgan.