Kodirov Maksudbek Maxmudjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda labdan o‘qish kompetensiyalarini rivojlantirish», 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped1992.
Ilmiy rahbar: Mamarajabova Zulfiya Narbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Feruza Usmanovna,  pedagogika fanlari doktori, professor; Turg‘unboev Sirojiddin Faxriddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda labdan o‘qish kompetensiyalarini  rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eshitishda nuqson bo‘lgan  o‘quvchilarda  labdan o‘qish kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari tizimli-faoliyatli, ijtimoiy-madaniy va pragmatik yondashuvlar hamda muloqotni faollashtirish mezonlarini nutqning emotsional va interpritativ ta’sirchanlik darajalariga uyg‘unlashtirish asosida aniqlangan;
eshitishda nuqson bo‘lgan  o‘quvchilarni labdan o‘qishga o‘rgatish metodikasi  fundamental va amaliy yo‘nalganlik, individuallik, pedagogik hamkorlik, til, nutq, ijtimoiy-madaniy, o‘qib-tushunish xamda kompensator ko‘nikmalari rivojlanish bosqichlarini stilistik differensiallash asosida takomillashtirilgan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning labdan o‘qish kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi kichik hikoyalarni tuzish, anglash va xissiy xususiyatlarini dialoglar,   diktant, rasmlar seriyasi va “Kvartet” , “Telefon”, “Loto”, “Top-chi, bu nima?” o‘yinlari xamda evristik va produktiv faoliyatning bosqichma-bosqich joriy etilishi takomillashtirilgan;
eshitishda nuqson bo‘lgan  o‘quvchilarida labdan o‘qish kompetensiyalarini rivojlantirish modeli jamiyatga moslashuvining ijtimoiy-madaniy, kommunikativ va tizimli yondashuvlar xamda shaxsiy xislatlar  yaxlitligi va sifat saloxiyati uyg‘unligini adekvat ta’minlash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. eshitishda nuqson bo‘lgan  o‘quvchilarda  labdan o‘qish kompetensiyalarini rivojlantirish  bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
eshitishda nuqson bo‘lgan  o‘quvchilarda  labdan o‘qish kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari tizimli-faoliyatli, ijtimoiy-madaniy va pragmatik yondashuvlar hamda muloqotni faollashtirish mezonlarini nutqning emotsional va interpritativ ta’sirchanlik darajalariga uyg‘unlashtirish asosida aniqlashga oid tavsiyalar “Labdan o‘qishga o‘rgatish   metodikasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0665 son nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning labdan o‘qishga o‘rgatish   metodikasini takomillashtirishning pedagogik, psixologik va metodik imkoniyatlarini kengaytrish ikmoniyati yaratilgan;     
eshitishda nuqson bo‘lgan  o‘quvchilarni labdan o‘qishga o‘rgatish metodikasi  fundamental va amaliy yo‘nalganlik, individuallik, pedagogik hamkorlik, til, nutq, ijtimoiy-madaniy, o‘qib-tushunish xamda kompensator ko‘nikmalari rivojlanish bosqichlarini stilistik differensiallash asosida takomillashtirishga oid takliflar  “Labdan o‘qishga o‘rgatish   metodikasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0665 son nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarda labdan o‘qishga o‘rgatishning didaktik komponentlari takomillashtirilgan;
eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning labdan o‘qish kompetensiyasilarini rivojlantirish texnologiyasi kichik hikoyalarni tuzish, anglash va xissiy xususiyatlarini dialoglar,   diktant, rasmlar seriyasi va “Kvartet” , “Telefon”, “Loto”, “Top-chi, bu nima?” o‘yinlari xamda evristik va produktiv faoliyatning bosqichma-bosqich joriy etilishi takomillashtirishga oid tavsiyalar “Labdan o‘qishga o‘rgatish   metodikasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0665 son nashr ruxsatnomasi). Natijada labdan o‘qishga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
eshitishda nuqson bo‘lgan  o‘quvchilarida labdan o‘qish kompetensiyalarini rivojlantirish modeli jamiyatga moslashuvining ijtimoiy-madaniy, kommunikativ va tizimli yondashuvlar xamda shaxsiy xislatlar  yaxlitligi va sifat saloxiyati uyg‘unligini adekvat ta’minlash asosida takomillashtirilgan “Labdan o‘qishga o‘rgatish   metodikasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0665 son nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarda labdan o‘qishga o‘rgatishning metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish