Bozorov Otabek Yo‘lchi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak logopedlarning metodik kompetentligini shakllantirish», 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped.3704.
Ilmiy rahbar: Ayupova Mukarram Yuldashevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2022.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Teshaboeva Feruza Rahimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak logopedlarni metodik kompetentligini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak logopedlar metodik kompetentligini shakllantirish faol shaxsiy vaziyatni yaratish, o‘quv jarayonini loyihalash, professional-metodik sifatlarga intilish hamda nutq nuqsonlarini samarali bartaraf etish va affektiv, kognitiv, faoliyatga oid komponentlarni idientiv yaxlitlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak logopedlarning kompetentligini o‘rganish metodikasi ko‘rsatkichlar diagnostikasi, olingan ma’lumotlar pedagogik interpretatsiyasi hamda metodik kompetentlik shakllanish darajasi, dialog, suhbat, debat, imitatsion o‘yinlar va improvizatsiyadan barqaror foydalanish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak logopedlarda metodik kompetentlikni shakllantirish modeli faoliyatga motivatsion tayyorlash, ta’limda hamkorlik o‘rnatish, pedagogik faollikni modellashtirish, improvizatsiyalash hamda “sub’ekt – subtektga” munosabatlarini bosqichma-bosqich o‘rnatish va o‘quv faoliyatini bosqichma-bosqich refleksiya qilish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak logopedlarning metodik kompetentligini shakllantirishning texnologiyalari turg‘un logopedik yo‘nalganlik darajalarini ketma – ket oshirish, bilimlarni faol qo‘llay olish hamda fikrlarni dalillash, kasbga munosabatni psixologik, logopedik, pedagogik bilimlarni integratsiyalash hamda korreksion-rivojlantiruvchi ta’sirning natijadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Bo‘lajak logopedlarni metodik kompetentligini shakllantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishi natijalari:
bo‘lajak logopedlar metodik kompetentligini shakllantirish faol shaxsiy vaziyatni yaratish, o‘quv jarayonini loyihalash, professional-metodik sifatlarga intilish hamda nutq nuqsonlarini samarali bartaraf etish va affektiv, kognitiv, faoliyatga oid komponentlarni idientiv yaxlitlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetda bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 24 dekabrdagi 02-07-4692/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak logopedlarning metodik kompetentligini shakllantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tahlil qilish imkoni oshirilgan;
bo‘lajak logopedlarning kompetentligini o‘rganish metodikasi ko‘rsatkichlar diagnostikasi, olingan ma’lumotlar pedagogik interpretatsiyasi hamda metodik kompetentlik shakllanish darajasi, dialog, suhbat, debat, imitatsion o‘yinlar va improvizatsiyadan barqaror foydalanish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 24 dekabrdagi 02-07-4692/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak logopedlarni metodik kompetentligini o‘rganish metodikalarini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak logopedlarda metodik kompetentlikni shakllantirish modeli faoliyatga motivatsion tayyorlash, ta’limda hamkorlik o‘rnatish, pedagogik faollikni modellashtirish, improvizatsiyalash hamda “sub’ekt – subtektga” munosabatlarini bosqichma-bosqich o‘rnatish va o‘quv faoliyatini bosqichma-bosqich refleksiya qilish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetda bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 24 dekabrdagi 02-07-4692/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak logopedlarda metodik kompetentlikni shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak logopedlarning metodik kompetentligini shakllantirishning texnologiyalari turg‘un logopedik yo‘nalganlik darajalarini ketma – ket oshirish, bilimlarni faol qo‘llay olish hamda fikrlarni dalillash, kasbga munosabatni psixologik, logopedik, pedagogik bilimlarni integratsiyalash hamda korreksion-rivojlantiruvchi ta’sirning natijadorligini ta’minlash asosida takomillashtirish yuzasidan ma’lumotlar Toshkent davlat universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 24 dekabrdagi 02-07-4692/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak logopedlarni metodik kompetentligini shakllantirish imkoni kengaytirilgan.