Mamatova Muzayyana Botirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar kinetik-kinestetik praksisini rivojlantirish texnologiyalari », 13.00.03 - Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD /3705.
Ilmiy rahbar: Ayupova Mukarram Yuldashevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramova Xafiza, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarning kinetik-kinestetik praksisini rivojlantirishning texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalar kinetik-kinestetik praksisini rivojlantirish jarayoni korreksion-pedagogik ish tizimi tuzilmasini tizimlilik, komplekslilik, rivojlanish tamoyillari hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishdagi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ta’lim vazifalarining didaktik-differensial imkoniyatlarini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar kinetik–kinestetik praksinini rivojlantirish texnologiyalari nutqning tovushlar talaffuzi rivojlanishi dinamikasini baholash hamda korreksion-rivojlantiruvchi xarakterdagi mashg‘ulotlarni tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarda kinetik-kinestetik praksisni rivojlantirish modeli tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish imkonini beradigan rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar kompleksi xamda bola nutqining buzilish darajasiga ko‘ra ularning nutqiy imkoniyatlariga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar motor xususiyatlarini rivojlantirish orqali tovushlarni talaffuz qilish malakalarini rivojlantirish bo‘yicha korreksion-pedagogik ish tizimi ta’limiy yondashuv interfaol, differensiallashtirilgan, individuallashtirilgan ta’lim asosida ko‘rgazmali o‘yin vositalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar kinetik-kinestetik praksisini rivojlantirish texnologiyalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalar kinetik-kinestetik praksisini rivojlantirish jarayoni korreksion-pedagogik ish tizimi tuzilmasini tizimlilik, komplekslilik, rivojlanish tamoyillari hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishdagi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ta’lim vazifalarining didaktik-differensial imkoniyatlarini hisobga olish asosida takomillashtirishga bo‘yicha tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 12 dekabrdagi 02-07-4469/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarda kinetik-kinestetik praksisni shakllanganlik darajasini va nutqning tovushlar talaffuzini rivojlanganlik holatiga ta’sirini, nazariy hamda metodik jihatlarini pedagogik tahlil etish imkoni yaratilgan;
nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar kinetik–kinestetik praksinini rivojlantirish texnologiyalari nutqning tovushlar talaffuzi rivojlanishi dinamikasini baholash hamda korreksion-rivojlantiruvchi xarakterdagi mashg‘ulotlarni tashkil etish asosida takomillashtirishga oid doir takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 12 dekabrdagi 02-07-4469/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarda kinetik- kenestetik praksisni rivojlantirishning metodlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarda kinetik- kinestetik praksisni rivojlantirish modeli tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish imkonini beradigan rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar kompleksi xamda bola nutqining buzilish darajasiga ko‘ra ularning nutqiy imkoniyatlariga moslashtirish asosida takomillashtirish yuzasidan ma’lumotlar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 12 dekabrdagi 02-07-4469/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar kinetik-kinestetik praksisini rivojlantirish texnologiyalarni takomillashtirish imkoni oshirilgan;
nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar motor xususiyatlarini rivojlantirish orqali tovushlarni talaffuz qilish malakalarini rivojlantirish bo‘yicha korreksion-pedagogik ish tizimi ta’limiy yondashuv interfaol, differensiallashtirilgan, individuallashtirilgan ta’lim asosida ko‘rgazmali o‘yin vositalarini qo‘llash asosida takomillashtirishga doir ishlanmalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 12 dekabrdagi 02-07-4469/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar kinetik-kinestetik praksisini rivojlantirishga imkon yaratilgan.