Kim Irina Nikolaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha katta yoshdagi bolalar ekologik ta’limida STEAM texnologiyalaridan foydalanish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2375.
Ilmiy rahbar: Djamilova Nargiza Nuritdinovna, pedagogika fanlari doktori (DSs), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumasheva Gul`nora Xamidullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSs), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha katta yoshdagi bolalar ekologik ta’limida STEAM texnologiyalaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha katta yoshdagi bolalar ekologik ta’limida STEAM texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tabiatning bola sensorikasi rivojiga ta’siri, tabiatda qo‘l mexnati, xayvonot va o‘simliklarni kuzatish hamda xayvonot va o‘simliklar dunyosida insonning munosabatini belgilovchi ekologik madaniyatini faollashtirish asosida aniqlangan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalar ekologik ta’limida STEAM texnologiyalari flora va faunani tizimli o‘rganish, xodisalar mantig‘ini tushunish, yangi voqealarga qiziqish xamda olingan natijalarni baholash, o‘yin orqali fazoviy tasavvurlarni shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
katta yoshdagi bolalarning ekologik ta’limini shakllantirish modeli ta’limning innovatsion shakllariga mos yondashish, bolalarning tabiatga nisbatan oqilona faoliyatga tayyorgarligi, lego-konstruksiyalashda fazoviy tasavvurlar hamda boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqasini faollashtirish va aqliy ko‘nikmalarni ko‘paytirish asosida takomillashtirilgan;
ekologik bilimlarni shakllanganlik darajasi maqsaddan natijaga xarakat, didaktik-mantiqiy masalalarga shaxsiy munosabatlar, bolaning rivojlanish faoliyatini loyihalash, oldindan ko‘ra olish xamda ekologik axborotlarning xajmi va ekologik o‘quv materiallarini improvizatsiya qila olishga tayyorlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar ekologik ta’limida STEAM texnologiyalaridan foydalanish mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha katta yoshdagi bolalar ekologik ta’limida STEAM texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tabiatning bola sensorikasini rivojiga ta’siri, tabiatda qo‘l mexnati, xayvonot va o‘simliklarni kuzatish hamda xayvonot va o‘simliklar dunyosida insonning munosabatini belgilovchi ekologik madaniyatini faollashtirish asosida aniqlashga oid takliflar “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0671 raqamli guvohnoma). Natijada, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ekologik madanyatni rivojlantirishga erishilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalar ekologik ta’limida STEAM texnologiyalari flora va faunani tizimli o‘rganish, xodisalar mantig‘ini tushunish, yangi voqealarga qiziqish xamda olingan natijalarni baholash, o‘yin orqali fazoviy tasavvurlarni shakllantirish asosida takomillashtirishga oida tavsiyalar “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0671 raqamli guvohnoma). Natijada, maktabgacha katta yoshdagi bolalar ekologik ta’limida STEAM texnologiyalaridan foydalanishga erishilgan;
katta yoshdagi bolalarning ekologik ta’limini shakllantirish modeli ta’limning innovatsion shakllariga mos yondashish, bolalarning tabiatga nisbatan oqilona faoliyatga tayyorgarligi, lego-konstruksiyalashda fazoviy tasavvurlar hamda boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqasini faollashtirish va aqliy ko‘nikmalarni ko‘paytirish, saqlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0671 raqamli guvohnoma). Natijada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ekologik ta’limini ta’minlashning nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish imkoni oshirilgan;
ekologik bilimlarni shakllanganlik darajasi maqsaddan natijaga xarakat, didaktik-mantiqiy masalalarga shaxsiy munosabatlar, bolaning rivojlanish faoliyatini loyihalash va oldindan ko‘ra olish xamda ekologik axborotlarning xajmi va ekologik o‘quv materiallarini improvizatsiya qila olish asosida aniqlashga oid takliflar tavsiyalar “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-0671 raqamli guvohnoma). Natijada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ekologik ta’limining konseptual-metodologik asoslarini aniqlashga erishilgan.