Izbullaeva Gulchehra Valer`evnaning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jaloliddin Rumiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped21.
Ilmiy rahbar: Bulatov Saidahbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukrulla Qo‘ldoshovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Homidjon Homidiy, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jaloliddin Rumiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish imkoniyatlarini asoslash hamda amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jaloliddin Rumiyning ma’naviy merosi tazkiranavislik (antologiya), sharhnavislik (sharh, talqin), tarjimonlik hamda ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha tasniflanib, ta’lim jarayonida foydalanishning nazariy imkoniyatlari pedagogik jihatdan rivojlantirilgan;
ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid analogiya (o‘xshash, qiyoslash), axloqiy ta’sir hamda ma’naviy munozara tamoyillari “Masnaviyi ma’naviy” asarining hikoya, masal, epos, hikmatlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari mazmunidan foydalanish, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
“iymon-e’tiqod”, “bag‘rikenglik”, “mustahkam iroda”, “vijdon”, “go‘zal axloq” tushunchalaridan shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida foydalanishning pedagogik imkoniyatlari oila, jamoa, uztoz va shogird munosabatlarini optimallashtirish asosida kengaytirilgan;
Jaloliddin Rumiyning ma’naviy merosidan o‘rin olgan shaxs ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish va rivojlantirish mazmunidan ta’lim jarayonida yuksak ma’naviy-axloqiy tafakkurini rivojlantirishga doir ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqotnatijalariningjoriyqilinishi.
Jaloliddin Rumiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
Jaloliddin Rumiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlaridan ta’lim jarayonida foydalanishning metodik imkoniyatlari pedagogik jihatlarini rivojlantirish, ustoz va shogird munosabatlarida foydalanishni kengaytirish, ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish hamda ta’lim jarayonida tatbiq etishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 11 yanvardagi 89-03-2634-son ma’lumotnomasi). Bu takliflar talabalarning ma’naviy tarbiyasini takomillashtirishga, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish jarayonida foydalanishga xizmat qilgan;
demokratik madaniyatni, milliy va umuminsoniy qadriyatlar (hikoya, masal, epos, hikmatlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari) negizida ilmiy dunyoqarashni, xalq an’analari, urf-odatlari bilan uzviy birligini, oila, jamoa, uztoz va shogird munosabatlarida optimallashtirish, O‘zbek xalq madaniyatini asrash va boyitishni, boshqa xalqlar tarixi va madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ta’minlashda, insonparvarlik, vatanparvarlik va baynalminallik ruhini rivojlantirish, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilganligini ta’minlashga oid takliflardan, “Pedagogika” ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari Davlat ta’lim standarti mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-son buyrug‘i). Natijada “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishlari uchun “Sharq pedagogikasida ma’naviy-axloqiy tarbiya (Jaloliddin Rumiy ma’naviy merosi misolida)” tanlov fanidan o‘quv dasturi, elektron darslik yaratilib, amaliyotga tatbiq etilgan;
dissertatsiya natijalari Germaniyaning ResearchGate xalqaro olim va tadqiqotchilar ijtimoiy tarmog‘ining rasmiy internet saytiga havola qilingan (https://www.researchgate.net/profile/Izbullaeva_Valerievna).