Sapaeva Rayxon Bobojonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Qarindosh bo‘lmagan tillar frazemalarining antropotsentrik qiyosi (o‘zbek va nemis tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2292.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Tillaeva Miyasar Batirovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshankulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Cho‘ponov Otanazar Otajonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot:   Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qarindosh bo‘lmagan, xususan, o‘zbek va nemis tillaridagi frazemalar hamda ularning tillarda aks etishi masalasini antropotsentrik nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nemis va o‘zbek tillaridagi turli xil komponentli frazeologizmlarning kelib chiqishi  va paydo bo‘lishi tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, aqidaviy muhit kabi mezonlar bilan bog‘liqligi misollar qiyosi asosida dalillangan;
         qarindosh bo‘lmagan tillardagi frazemalarning  xususiyatlari turfaligi ob’ektiv va sub’ektiv omillar orqali asoslanib, frazemalarning tarkibiy tahlili ayrim qonuniyatlar echimi ekanligi tarixiy  lug‘aviy birliklar tarkibli frazemalar misolida aniqlangan; 
          o‘zbek va nemis tillaridagi frazemalarning shakliy va mazmuniy muvofiqlik darajasi o‘zbek va nemis tillarida shaklan muvofiq frazemalar, shaklan farqlanuvchi frazemalar, qisman muvofiq frazemalar tarzida tasniflangan hamda ularni vujudga keltirgan omillar aniqlangan;
    frazemalarni shakllantiruvchi omillar va ularning tilda aks etishi masalasida xalqlarning olamni anglashdagi umumiy va xususiy jihatlari frazemalar shakllanishida bosh omil ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qarindosh bo‘lmagan o‘zbek va nemis tillari frazemalarining antropotsentrik qiyosi tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
nemis va o‘zbek tillaridagi turli xil komponentli frazeologizmlarning kelib chiqishi  va paydo bo‘lishi tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, aqidaviy muhit kabi mezonlar bilan bog‘liqligi misollar qiyosi asosida dalillanganligi xulosalaridan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005-raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihalarini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 19 sentyabrdagi 242-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmunining nemis va o‘zbek tillaridagi turli xil komponentli frazeologizmlar bilan boyishiga erishilgan; 
an’anaviy va substansional tilshunoslik nazariyalari, zamonaviy tilshunoslikning asosiy tushuncha va tamoyillari hamda tahlil metodlari, hozirgi zamon ingliz va nemis tili semasiologiyasi va leksikografiyasining nazariy va amaliy aspektlari, til va nutq birliklarini zamonaviy tilshunoslikning paradigmatik tamoyillar asosida tahlil etish natijalaridan Erasmus+ dasturinig 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPKA2-CBHE-JP: “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” grant loyihasida foydalanilgan. (Urganch Davlat universitetining 2022  yil 20  sentyabrdagi 04-209/82-sonli ma’lumotnomasi). Natijada matnning leksik-semantik vositalari derivatsion aspektining nazariy hamda amaliy asoslaridan professor-o‘qituvchilar uchun qo‘llanma yaratish va uni tadbiq qilish samaradorligi oshgan;
o‘zbek va nemis tillaridagi frazemalarning shakliy va mazmuniy muvofiqlik darajasi o‘zbek va nemis tillarida shaklan muvofiq frazemalar, shaklan farqlanuvchi frazemalar, qisman muvofiq frazemalar tarzida tasniflangan hamda ularni vujudga keltirgan omillar aniqlangan xulosalardan Xorazm Ma’mun akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 martdagi “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi 238-sonli qarori 3-bandiga muvofiq amalga oshirilgan Ogahiy “Asarlar” silsilasining 6-,8-, 9-jildlarini nashrga tayyorlash va chop etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasining 2022  yil 4 apreldagi 60/2-22-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur jildlardagi turkiy so‘zlarning to‘g‘ri o‘qish, talqin qilish va atroflicha izohlash imkoni yaratilgan;
o‘zbek va nemis tillaridagi frazeologik birliklarning antropotsentrik tadqiqi natijalaridan manbalardagi tarixiy nomlarning ma’nolarini tushuntirishda, Xiva “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasiga qarashli muzeylardagi eksponatlar mazmunini sharhlashda, mahalliy nomlarni xorijlik sayyohlarga targ‘ib qilishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligi “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasining 2022 yil 1 apreldagi 119-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy va xorijiy sayyohlarning tarixiy nomlar, vatanimiz tarixi haqidagi bilimlari qator muhim fakt va ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish